Super Portal Payshanba, 02 May 2024, 14:42
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Avgust » 25 » FOXISHANING FARZANDI (1-2-qism)
19:08
FOXISHANING FARZANDI (1-2-qism)

FOXISHANING FARZANDI (1-2-qism)

Dunyoni barchamiz bevafo deymiz aslidachi..? Dunyoga bevafolik qilayotgan siz bilan biz emasmi..? Ba’zan inson bolasi qanchadan qancha gunohlar qiladiyu lekin qilgan gunohlaridan hulosa chiqaradigan vaqti umr tulpori manzilga etib bo’lgan bo’ladi..O’shanda so’nggi nadomatlarini biror kim eshitarmikan..? Meni dunyoga kelgan vaqtim..otam xam onam xam suyunishmagan..Xatto qulog’imga azon xam aytishmagan ekan..Odatda menga o’xshagan bolalarni "xaromi” deb atashadi..Bilolmayman xanuz bu so’zni ma’no,negizi aslida nima ekanligini..Yo’q ularni buning uchun ayblashga-da qodir emasman..Chunki ular meni dunyoga kelishimga sababchi bo’lishgan… Otam tadbirkor edi..Nihoyatda badavlat edi..Onam esa restoranda tirikchilak qilar edi.. Men ularning qay tariqa tanishganini xanuz bila olmayman..Chunki bu xaqida menga biror marta onam aytmagan..Onamda otamga nisbatan kuchli nafrat tuyg’usidan bo’lak xech vaqo yo’q edi.. Onam shaxarga kirib kelganida juda yosh bo’lgani..va buvim bilan bobom (ularni ko’rmaganman)onamni oq qilganidan bo’lak avlod ajdodimni kim ekanligini bilmayman.. Bolalik… Aytarli biror narsa yodimda yo’q..Oddiy kulbasifat 2 xonali uy (Bu uyni onam ishlab topib olganman deydi)..Eskirib qolgan ‘Янтар’ rusumli televizor,va xokazo 5-6 ta ko’rpa yostiqdan iborat..mol mulk…Onam doimo ishda bo’lganligi sababli,kunlarim oddiy edi..aytarli biror yangilik yo’q..Maktabga chiqqanimda xatto qo’limdan ushlab olib borishga ham vaqti yo’q edi onamni..Shu boisdan bo’lsa kerak o’qituvchilarim ham menga o’zgacha yovuz nigoh bilan qarashar..sinfda oxirgi partada yakka o’zim o’tirishga maxkum edim.. O’qishim ham u darajada yahshi emasdi..Sinfdoshlarim xam odatda men bilan boshqacha oxangda gaplashishardi..Go’yo ular bilan o’qiyotganimga men aybdordek..! Xatto bir kuni.. -Qobul,menam sizlar bilan futbol o’ynayqolay..bir o’zim zerikib ketdim..dedim -Sodiq..bilasan-ku..Sinfdosh o’rtoqlar seni yoqtirishmaydi..Maktabdan keyin xovlida birga o’ynaymiz..xozir qo’sha olmayman seni o’yinga dedi.. Bilmadim o’sha vaqti juda o’ynagim,kelganmidi yoki menda qandaydir nomus tuyg’ulari shakllana boshlaganmidi..yugurib stadionchaning markaz tarafiga bordim..Va to’pni olib o’yinga qo’shilib ketdim… -Voooy,bolla qaralaring..! Mana bu xaromidan bo’lgan itvachcha o’yinga qo’shildimi..deb qoldi sinfdoshlardan biri.. Ular meni o’rab olishdi..2tasi qo’limni orqaga qilib ushlab olgandan qimirlay olmasdim.. -Nima o’lging kelayapdimi? Sinfdoshlar ichida gavdalirog’i bor edi..Ilyos mushtini do’laytirib ustimga bostirib keldida,biqinimga mushtladi..Og’riqdan nafasim bug’ulib qoldi.. -Agar yana bir marta seni shu yerda ko’radigan bo’lsam, yomon bo'ladi deya xaqoratlab ketdi. O’sha damda bilmadim.Nomus kuchlilik qildimi.Qayerdan kuch keldi.Ikki yonimda turgan bolani siltab tashladim.Va bo’shagan qo’lib bilan Ilyosni jag’iga musht tushurdim.Mendagi quvvat ortib ketgandi. Ikkita bola ikki tomondan biqinimga tashayotgan tepkilari ham ta’sir qilmasdi,shu payt o’qituvchimizni ovozi keldi… -Tur..o’riningdan Fohishaning bolasi.. Qo’lim beixtiyor bo’shashib,holsizlanib qoldim..Afsuski bunday so’zni ma’nosini 

5-sinfda o’qiyotgan yigitchaning murg’ak qalbi yahshi anglar edi. Ko’zlarimdagi ga’zab o’ti so’nib.. Isnod degan tuyg’u butun vujudimni yodirar edi.O’sha dam hanuz ko’z oldimda gavdalansa gazabimni bosolmay qolaman… O’qituvchim meni tortib olib ura ketdi vaholangki men o’zimni himoya qilgan edim.Yuzimga tushayotgan zarbalar menga huddi xayotning naqadar beshavqat ekanligini uqturardi go’yo…

-Axir men nima qildim ustoz..!? Qichqirardim… -Sen xech narsa qilishing shart emas,seni borligingni o’zi ortiqcha..sen ortiqchasan tushundingmi xaromi..! degancha duch kelgan joyimga urishdan toymasdi… O’sha paytlari,bilmadim ustoz deyishga arziydimi yo’qmi..? Ustoz…Bu tushunchalar,umuman ustoz degan so’z men uchun ulug’vorlik,yohud qandaydir najotkorlik hissini singdirgan bo’lsamda..Ustozimning bu xatti xarakati bunday ulug’ nomga nomunosib ekanligini bilgandim.. Ko’zim tinib..xushimdan ketdim chog’i..Ustozimning zarbalaridan paydo bo’layotgan og’riqlar yo’qoldi..uyog’ini eslolmayman… Ko’zimni ochganimda esa stadionchaning o’rtasida yotar edim.. Alam qildi.. Yo’q..yo’q..! Uning meni urgani,hammani oldida kamsitgani emas..Balki Ustoz degan ulug’ zot…xato odamiylik yuzasidan bo’lsa ham,xatto maydon chetiga-da olib chiqishga qodir bo’lmaganligi..aynan shu narsa menga juda alam qilgan edi… Balkim men bir fohishaning xaromi bolasidirman..ammo men ham unga o’xshagan bir inson edim-ku..!?Naxotki uning xam farzandini kimdir xuddi shu kuyga solganida 2 og’iz gapirmagan bo’lardi… Aynan shu savollar miyamga o’rnashib qolgan edi… Xo’rligim kelib yig’ladim..Onamning oldida yig’lamaganman..Ba’zi xollarda onam yig’laganini ko’p ko’rganman..Juda ko’p bora… Ammo men hecham ko’zimdagi yoshimni onamga ko’rsatmaganman..Or deb bilardim yig’ini erkak kishi uchun…! Lekin bugun yig’ladim..Alamdan qichqirib,tomog’im yirtilib ketay deguncha yig’ladim.. Taqdirimning beshavqatligidan,meni dunyoga keltirgan otaning benomusligidan qaqshab yig’ladim.. Yig’idan shishib ketgan ko’zlarimni artib..Uyga yo’l oldim.. Onam xali qaytmagan ekan..Yarim kechasi kelishiga ko’nikib qolganman..Stol usidan non olib yedim..Qornimni to’yg’azib bo’lganimdan so’ng esa..Uyning mayda chuyda yumushlarini bajarishga kirishdim..Xali zamon onam kelishiga ovqat qilib qo’yishim lozim edi.. Barcha ishlarni sarishtalab bo’lgach esa televezorni yoqdim.. Qandaydir o’yin,yoki shouni ko’rsatishardi..Ota va ona farzandlari bilan birgalikda musobaqa.. Biroz ko’rdimda ensam qotib ketib televezorni o’chirdim..Onamni kuta boshladim.. Ko’zim ilinibdi…Eshikni oxista ochilib yopilganini sezdim shekilli,ko’zimni ochib qarasam narigi xonada kimdir go’ng’ir-g’ong’ir ,qilib past ovozda gaplashib,kulishardi… Quloq soldim.. -Iyaaaa,jonidan endi noz qilavermasdan..akangini bag’riga kelingchi..dedi noma’lum ovoz egasi.. -Vuyyyy.sho’xlik qilmangaaaa..o’g’lim uyg’onib qolsa,naq uyni boshiga ko’taradi. -Nima qilibdi,yosh bola bo’lsa nimani aqliga yetardi.. -Bilmabsizda buni,xuddi otasini o’zi-ya..!Birovni oldimda ko’rsa naq,to’polon qiladi..Yaramas bola..rashki juda yomon..Ablax otasiyam shunaqa edi.. -Xaaaa,endi bu birinchisi emas-ku asaaaal… -Shoshmang,ichishga birorni nima olib kelay… Shu vaqt onam yurib eshik tomonga kela boshladi..men ulgurolmadim o’zimni olib qochishga… U meni ko’rdi.. -Xaaa..zumrasha..!nima qilayapsan..?gap poylaydigan bo’ldingmi xali..?! -Yo’q..oyijon..gap poylaganim yo’q…dedim qo’rqa pisa.. -Bo’ldi..jonimga tegib ketding..narigi xonaga o’tib uxla dedi.. Shu vaqt ichkaridagi odam chiqib qoldi.. -Iyaaa,yahshi bola nima qilayapsan bu yerda,tur joyingda uxlasang,senga pul beraman..Keyin kompyuter o’ynagani borasan,deb cho’ntagidan ikkita mingtalikni chiqardi.. Qo’lidagi mingtalikni yulib olib,yuziga otdim.. -Mengga sening pullaring kerak emas..ket uyimizdan… dedim qichqirib.. Onamning tarsakisi yuzimga tushdi.. -Itvachcha,sen xaromini boqayotganimga shukr qil..tushundingmi..Meni xayotimga aralashma uqdingmi..!?Agar yana bir marta shunaqa qiladigan bo’lsang deddomga olib borib tashlayman.. Men alamdan xiqqilagan kuyi,ichkari uyga kirib ketdim… Tun yarmigacha uyqum kelmadi..Qo’shni xonadan onamning erkalangan ovozi bilan,notanish kishining hirs bilan gapirgan gaplari yaqqol eshitilib turar edi.. Shu darajada o’sha payt meni,nomus tuyg'usi otashida yondirar edi-ki..!yostiqni uchini tishlab olgancha.. -Katta odam,bo’lsam..xammasini yo’q qilaman..Xammasidan qasos olaman derdim… Balkim,o’sha vaqtlari menning jajji vujudimda..Nafratning ilk kurtaklari quloch ochayotgan bo’lsa ne ajab…!

DAVOMI BOR...
Категория: Hayotiy voqealar | Просмотров: 3684 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок