0
Sanatoriy vrachi ruhiy kasallikdan sog'aygan
bemorga sanitar kuzatuvida shaharni aylanib kelishga ruxsat berdi.
Sog'aygan bemor ko'chada bir chiroyli qizni ko'rib qoldi-da, shosha-pisha uning yoniga kelib,
yelkasiga pochta markasini yopishtirdi.
— Nima qilayapsiz? — so'radi sanitar uning qo'lini tortar ekan.
— U menga judayam ёqib qoldi.
— Shundoq ham bo'la qolsin. Lekin nima uchun unga marka yopishtirdingiz?
— Markasi bo'lmasa, uni menga yuborishmaydi-da.