Super Portal Yakshanba, 05 May 2024, 06:46
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Avgust » 17 » Laylo, shunday qismatga loyiqmidi ? (Bitiruv oqshomida yuz bergan ko'ngilsizlik)
15:51
Laylo, shunday qismatga loyiqmidi ? (Bitiruv oqshomida yuz bergan ko'ngilsizlik)

Maktab vaqtlari, Laylo ismli sinfdoshini sevib qolgan Bahrom, uncha-munchaga sir-boy bermasdi. Sevishini ham, pinhona yuragida asrardi. Laylo ham, Bahromga befarq emas edi. 9-sinf ... Bitiruv o'quv yili. 25-mayda qo'ng'iroq chalingach, bitiruv imtihonlari boshlanib ketdi. Laylo, imtihon varaqalarida Bahromga ko'maklashib turardi. U, juda chiroyli qiz bo'lgani uchun, ko'plab yigitlar unga oshiq edi. Bahrom va Layloni birga ko'rishsa, Layloni rashk qilishib, yo'q joydan Bahrom bilan janjal chiqarishardi va u bilan urushishardi. Ulardan ham oshib tushadigan bir bezori, aniqroq aytganda, sinfning eng passiv va tarbiyasiz o'quvchisi Bekzod ismli bir bola bo'lar edi. Qiladigan ishi yo'q-ki birov ozor chekmasa. Har bir ishida ko'ngil xiralik... Imtihon paytlarida, Layloni Bahrom bilan fikr-mulohaza almashayotganini ko'rgan Bekzod, alamidan Bahromni yanchib tashlagudek g'azablandi. Chunki u ham sinfdoshi Layloni sevardi... 17-iyun, kechki soat 20:10 lar... Bitiruvchilar uchun so'ngi manzil kuni. Bitiruv oqshomini tashkil etgan sinfdoshlar shu kuni yig'ilishib, bir umrga muhrlanib qoladigan onlarni tantana qilishardi. 
- Ooo Laylo, ochilib ketibsanmi ? Shundog'am go'zalliginga tan berardim. Hozir umuman tan berdim-ey... - dedi Bekzod, Layloni yo'lini to'sib. Laylo esa, hechnarsa demay, o'tib ketmoqchi bo'ldi. Ammo yo'lini to'sib turganini ko'rib, - Qoch yo'limdan ! - deb buyurdi. Garchi sinfdosh bo'lishsa-da, Laylo uni qanaqa inson ekanligini bilardi. 
- Ha Laylo-xon, namuncha nervinnisan ? A-bugun bayram bo'lsa. Rahmat ham demading. Atak maqtash ham emas, to'g'risini aytuvdim. Ha mayli. Agar vaqting bo'lsa, senga ozmuncha gaplarim bor edi... 
- Yo'q ! Vaqtim yo'q ! O'tkazib yubor meni ! 
- O'tkazmasam nima bo'ladi ? Anavi so'tak Bahromga aytasanmi ? Ozgina meni eshit. Keyin ketaverasan. 
- Og'zinga qarab gapir ! Bahrom akamga til tegkizma ! 
- Voy-yyey, "Bahrom akam" mish. Zo'r eshitilar ekan-a ? "Bah-rom a-kam". Vuhahahahaha. Qo'rqitib yubording-ku. Qayerdagi so'takni akam deyapsanmi Laylo ? Mana men senga akadan ham yaqinroq bo'laman-da. Bugun ikkimizni kunimiz. 
- Senga hali mazah bo'ldimmi ? Sen, o'zingdaqalarga yaqinsan, tushundingmi ? - Laylo shu so'zlarni aytar ekan, uni durtib o'tib ketdi. Bu orada ro'paradan Bahrom kelib qoldi. Layloni Bekzod tomondan yig'lab kelayotganini ko'rib, - Nima bo'ldi Laylo ? Kim xafa qildi ? - deb so'radi. Ammo Laylo gapirmay, darvozadan yig'lab chiqib ketdi. G'azablangan Bahrom, u tomon yaqinlasha boshladi. 
- Layloga nima deding pastkash ? 
- Tushunmadim ? Senga nima tentak ?! E, karochi surgin buyerdan so'tak. Ooo, qofiyani ham o'xshatib urdim-u, hahahahaha... 
Bu gapga chiday olmagan Bahrom, unga kuchli musht tushurdi. 
- Odammisan o'zing ? Bugun qanaqa kun ekanini bilasan-ku ! Hech bo'lmasa shu kun birovni dilini xira qilmasang bo'lardi. Shu kungacha indamay keldim. Aql kirar senga ham, har holda sinfdoshmiz deb o'ylagandim. Yo'q, sen unday bo'lmading. Bilib qo'y, men Layloni sevaman ! O'quv paytlari bo'lgani uchun, buni hechkimga bildirmas edim. Endi hamma bilsa ham mayli. Menga qara, agar unga yana bir bor yaqinlashganingni ko'rsam yoki eshitsam, manashu ikki oyog'ingni urib sindiraman ! Shu kungacha ko'pchilikni ko'nglini qoldirib kelding. Sendaqalarga bitiruv oqshomida qatnashishni o'zi hayf ! - deb, Bahrom uni urishda davom etdi. To'z-to'polonni ko'rib, boshqalar yetib kelishdi va Bahromni ushlab qolishdi. 
- Bahrom ! Tinchlan o'rto ! Esingni yedingmi ? Hozir o'ldirib qo'yasan-ku ! Bugun bayramimiz bo'lsa. Qo'y, buni a'zaga aylantirma ! O'zingni bos, - deb Bahromni o'rtog'lari tinchlantirishga urunishdi. 
- Qo'yvoringlar meni ! Esimni yeganim yo'q. Lekin manabu pastkashga bu ham kam ! Laylo qani ? Hozir bu, hammaning oldida Laylodan kechirim so'raydi ! Laylo, shuyerdamisan ? Laylo ? 
- Bahrom, Laylo buyerda yo'q, ichkarida ham yo'q. Biz shuyerdadir deb o'ylagandik, - dedi sinfdoshlardan biri. Bahrom, oxirgi bor Layloni darvozadan tashqariga chiqib ketganida ko'rganini esladi va xavotirlanib o'qdek xonadan chiqib ketdi. Asvalt yo'lga chiqib, uni qidira boshladi... Biroz oldinroq yurib, yo'l chekkasida odamlar gavjumligini ko'rdi va o'sha tomon yaqinlasha boshladi. Atrofta, bir mashinaning ayrim yerlari zararlangani, militsiya, odamlarning g'ala-g'ovuri... Tobora ularga yaqinlashar ekan, Bahromning yuragi tez ura boshladi. 
- Kechirasiz, tinchlikmi ? Buyerda nima bo'ldi ? - gavjumlashgan odamlarning biridan so'radi Bahrom. 
- Eh so'ramang, to'qnashuv yuz berdi. Anavi Neksiya haydovchisi, bir yoshgina qizni urib yubordi. Xayolga tolibmi bilmadim, mashina yo'liga chiqib qoldi. Essiz, yoshgina qiz edi... 
- Ki-ki-kiyimlari qanaqa rangda ekanini ee-eslay olasizmi ? - qo'rquvga tushgan Bahrom, zo'rg'a tili aylanib gapirdi. 
- Kiyimlari, och-qizil ranglardan iborat edi-yov. 
Nafasi ortga tortgan Bahrom, u qiz Laylo ekaniga amin bo'ldi. Chunki, Laylo och-qizil rangni yoqtirardi. Bitiruv kechasiga ham, aynan shu rangli kiyimda kelgan edi. Avtohalokat bo'lganini bilgan zahot, "ilohim Laylo bo'lmasin-da" deb qo'rqib turgan Bahrom, bu gaplardan so'ng, o'zini butunlay yo'qotdi. 
- K-k-kechirasiz, qaysi k-kasalxonaga olib ketishgani bilmay-siz-mi ? 
- Unisini bilmadim ukam. Shu tomonga ketishganiga qaraganda, birinchi rangli chiroq oldidagi kasalhonaga olib ketishdi menimcha. 
- Rah-mat sizga, - Bahrom o'sha tomonga qarab yugurib ketdi. Yo'lda ketar ekan, Layloni o'ylab ko'zlariga yosh keldi. "Layloyim, meni kechir. Seni himoya qilolmadim. Agar senga bir gap bo'lsa, o'zimni kechirmayman. Anavi pastkash Bekzodni esa, o'ldiraman !". - Bahrom yo'lda ketayotib, birinchi rangli chiroq ro'parasidagi kasalhonaga kirdi. 
- Salom. Kechirasiz, biron daqiqalar oldin bu yerga, bir qizni tez yordam mashinasida olib kelishmadimi ? - hovliqib so'radi Bahrom, eshik oldida turgan hamshiralardan. 
- Vaaleykum salom. Endi, aniq siz aytgan kishimi bilmadim-u, bir og'ir ahvolda bemor olib kelishgandi, sal oldinroq. Bu siz aytgan kishi bo'lsa kerak, agar kasalhonada adashmagan bo'lsangiz. Chunki undan oldingi bemor kelgani, kunduzi vaqti edi. Oxirgisi esa, salgina avval keldi. Balki o'shadur... 
- Ha rahmat. Qayerga borishim kerak ? Iltimos, shuni tushuntiring menga. Iltimos, faqat tezroq. 
- Ha, shu zal bilan to'g'ri borib, yo'lakni eng oxiridan chapga burulasiz. To'g'ridagi yigirma uchinchi eshik, jonlantirish bo'limi. Uyerda doktorlar bor, so'rasangiz aniqlab berishadi. Ha aytgancha, ikkinchi bo'limlarga o'tish uchun, ruxsatnoma olishiz kerak. O'sha yerga boring, o'zlari aytishadi. 
- Xo'p. Rahmat sizga. 
Bahrom shosha-pisha o'sha tomonga yugurdi. Bo'limga kiraverishda, tekshiruvchilar uni ichkariga kirishiga ruhsat berishmadi. Bahrom ulardan, sal oldinroq olib kelingan bemorni ahvoli qanday ekanini so'ray boshladi...
- Tinchlaning ! U bemorni kimi bo'lasiz ? 
- A ? ... Ha, u qiz ... U qiz meni borlig'im, yomon kunlarimda ham, ba'zi hollarda yonimda bo'lmasa-da, yonimdadek menga dalda bo'lib, chin mehrni bera olgan qadirli inson... 
- Men sizga kimi bo'lasiz dedim. U sizga qanday ahamiyatli deb so'ramadim shekilli. Akasimisiz, ukasimisiz, qarindoshi yoki do'stimisiz shuni so'rayapman. 
- Ha kechirasiz, u meni sinfdoshim. Ismi Laylo. Ya'ni Laylo bilan sinfdoshmiz. Uning ahvoli yaxshimi ?! Iltimos, menga aniq ma'lumot ayting. Yoki uni ko'rishimga ruhsat bering ! 
- Yaxshi yigit, oldin bizga Layloning ota-onasi yoki biron-bir qarindoshlarini chaqirib bering. Hozir qilinishi kerak bo'lgan eng muhim ish shu. 
- Xo'p. Faqat uni ahvoli yaxshimi ? Menga shuni ayting bo'ldi. Yaxshi ekanini eshitmasam, tinchlanolmayman. Ayting Doktor, Laylo yashaydimi ? 
- Ismingiz nima ? 
- Ismim, Bahrom ... 
- Bahrom, avvalo tinchlanib oling. Ahvoli yaxshi. Faqat ko'p qon yo'qotgan. Endi darhol, uning Ota-onasini buyerga chaqiring. 
- Xo'p-xo'p, Xudoga shukur, ahvoli yaxshi bo'lsa-bo'ldi. Hozir chaqiraman. 
Bahrom, darhol Layloning uy telefoniga qo'ng'iroq qilib, ota-onasini kasalhonaga chaqirdi. Baxtsiz hodisani eshitgan Layloning ota-onasi, tezda Bahrom aytgan manzilga yetib kelishdi. Layloning onasi yig'lab, Bahromdan nimaga bunday bo'lganini so'ray boshladi. Bahrom esa, qattiq hayajonlangani va qo'rqganidan, ularga hechnarsa deya olmadi. Doktorlar, Layloni ota-onasini yolg'iz gaplashib olish uchun ikkariga chaqirishdi. Bahrom, nima gapligini bilmay, zalda kutib turdi. Bir payt, "Yo'o'o'o'o'o'q, qizalog'im, qizalog'im, bunday bo'lishi mumkin emas" degan Layloning onasini baqirgan tovushi eshitildi. Buni eshitgan Bahrom, yugurgancha palataga kirdi. 
- Nima bo'ldi ? Laylo ? Laylo qani ? - jon holatda gapirdi Bahrom. 
- Bir pas chiqib turing siz. Halal bermang, - xafa holda doktor. Bu xomush gapirishlar, Layloning onasini dod solib yig'lashi, yaxshilik alomati emas ekanligini Bahrom sezardi. 
- Layloni nima qildinglar ? Javob beringlar ! Laylo qayerda ?! Layloooooooo ?!! - Bahrom jahl bilan gapirar ekan, ko'zlari namlandi. 
- Bahromjon, o'g'lim, Laylodan ayrilib qoldik... - ko'zlarida yosh bilan, Layloning otasi Erkin aka mungli so'z boshladi. 
- Niii-maa ??? Yolg'on, yolg'oooon ! Bu-bu... Bu bo'lishi mumkin emas ! Qanaqasiga axir ? Laylooo ? Layloooooooo ?!!! - esankirab qolgan Bahrom, jon holatda gapirishidan ovozi bo'g'ilib. 
- Tinchlaning Bahrom. Bunday alamli kechinmalar, hammamizning boshimizda bor. Allohni irodasi ekan, sabr bersin. O'zingizni qo'lga oling, - dalda berib doktor. 
- O'zingizni qo'lga oling ? Bunday vaziyatda tinchlanib bo'ladimi ? Bir farishtadek qiz, bu dunyoni tark etadi-yu, men tinchlana olamanmi ? Sizlarga o'ldi-ketdi ekanda-a ? 
- Bu nima deganingiz ? Layloni kasalhonaga olib kelishganda, afsuski joni uzulib bo'lgan ekan... Biz qo'limizdan kelganicha harakat qildik, ammo... 
- Bundan chiqdi "Layloning ahvoli yaxshi" deb, meni aldagan ekansizlarda ? Hali bu ishlaringiz uchun javob berasiz ! Topib beringlar menga Layloni !!! U bunday qismatga loyiq emas. Nima uchun axiiiiir, nima uchun ? - jahl bilan gapirar ekan, Bahromning ko'zlari alam yoshlariga to'ldi. 
- Ey Ollohim, bizdan qanday gunoh o'tdi-ki, yuragimizni bir parchasidan ayirding ?! Qizalog'imni qaytarib ber, yalinaman. Hali o'n gulidan bir guli ham ochilmagandi qizimni, - Layloning onasi kuchli bosim va ayriliq azobiga chiday olmay, shu so'zlarni aytib hushidan ketdi. Farzandini o'lganini eshitgan har qanday onaizor, bunga bardosh berolmasligi tabiiy... 
- Sabohat ? Sabohat ?! Ko'zingni och ! Sabohaat ?!! - Erkin aka, xotini Sabohatga yuzlanib. Yuragi parchalangandek bo'lib, o'zini yo'qotgan Erkin aka ham, ko'z yoshlarini yashira olmadi. Qanday ham yashirsin ? Yakka-yu yagona, birovga zarracha ozori yetmagan, qalbi pokiza qizi, bu yolg'onchi dunyoni erta tark etadi-yu, yig'lamay olarmidi ? Eh, bu hayotda, inson nechog'lik ayanchli qismatlarni ko'rmas ekan deysiz. Eshik chekkasida shokdan o'ziga kelib ulgurmagan Bahrom, o'rnidan ko'tarildi va jahl bilan eshikni durtib chiqib ketdi. Yo'lda mashina saqladi va bitiruv oqshomi o'tkazilayotgan sinfdoshini manzilini aytib, o'sha tomonga yurishini ta'kidladi. Bahromning ko'zlari, bamisoli qonga to'lgandi. Layloning o'lganiga ishongisi kelmasa-da, baribir haqiqatni tan olishini bilardi. U, Layloning o'limida sinfdoshi Bekzodni aybdor deb hisobladi va qalbini unga nisbatdan nafratga to'ldirdi. Bitiruv kechasi o'tkazilayotgan uyga yaqinlashar ekan, haydovchiga shuyerda to'xtatishini aytdi. Mashinadan tushgan Bahrom, darvoza oldida sigareta tutatib turgan Bekzod ko'rib, yanada g'azablandi. Daraxt ortidan asta-sekin yashirinib borishni ma'qul ko'rdi. Keyin, birdan kelib uni og'zini qo'li bilan berkitdi-da, chetroqga sudrab tortdi. Uzoqroq joyga oborib, yerga itarib yubordi... 
- Pastkash Bekzod, o'ldiraman sen betarbiyani ! Nimalar qilib qo'yganingni bilasanmi ? 
- O' mishqi, bu nima qilganing ?! Nimalar deb g'inshiyapsan o'zi ? 
- Bir farishtani ko'nglini og'ritib, bu hayotda yashashidan mahrum qilding. Seni o'ldiraman ! Ming lanat senga ! - Bahrom ayamay uni ura ketdi. Shu qadar jahl bilan urardi-ki, Bekzodni hammayog'i ezg'ilanib, qonga bulg'andi. Atrof qop-qorong'u bo'lgani uchun, jarayon qanday kechayotgani bilinmasdi. Oyning bulutlar orasidan ozgina ko'rinib turishi, biroz bo'lsa-da atrofni kuzatishga zamin bo'lardi. Qarshilik ko'rsatishga ulgurolmagan Bekzod, yerda qimir etmay yotardi. Bahrom, qattiq g'azablanganidan, uni urishdan to'xtamasdi. Bir pasda oyog'ini osti suvdek qonga belandi. Tobora urishdan sekinlashayotgan Bahrom, to'xtadi va ortiga qaytdi. Bunchalik shavqatsizlik bo'lishini kutmagan Bahrom, sinfdoshlari oldiga bormay, to'g'ri uyiga ketdi. Soat ham, allamahal bo'lib qolgandi. Charchab holi qolmagani bois, xonasiga kiriboq, holini yo'qotdi. Ko'zini ochganda esa, tong otgan edi. Birdan cho'chib uyg'ongan Bahrom, kechqurun bo'lib o'tgan voqealarni eslay boshladi. "Tushummidi yoki o'ngim ?" - shu savolni o'ziga berar ekan, kiyimlarida qon dog'larini ko'rgach, o'ngida bo'lganiga ishondi. Layloni yo'qotgani yodiga kelib, ko'z yoshlarini yashira olmadi... Bir payt telefoni musiqa chala boshladi. 
- Alo ? 
- Alo, Bahrom ? Qayerdasan ? Shu kechqurun qayerda eding ? Necha marotaba telefon qildim, ko'tarmading, - sinfdosh o'rtog'i so'roqga tutib. 
- Uzr, ayrim sabablarga ko'ra ko'tarolmadim. Nima gap ? 
- Tez San'at (bitiruv kechasi o'tkazilgan uy egasi) larnikiga yetib kel. Ahvol jiddiy. Anavi Bekzod... Haligi... O'sha, shu kechqurun vafot etibdi. Aniqrog'i uni o'ldirib ketishibdi... 
- Nima ??? Qachon ??! Qanaqasiga ?! 
- Bilmadim. Boshiga qattiq jism tekgan va ezilib ketgan deyishayapti. O'ntaga yaqin militsiya kelgan. Hammani yig'ishyapti. Sen kecha Bekzod bilan janjallashganding. Mabodo bu ishga aralashganing yo'qmi ? Alo ? Eshityapsanmi ? Bahrom ?! Alo ?! ... 
Bahrom, Bekzodning boshi qanday ezg'ilanganini keyin tushundi. Uni urayotgan yer maydonida, tosh va shag'allar ko'p edi... Bahrom nimalar bo'layotganini ko'rib, yurak bag'ri tilka-pora bo'ldi. "Jahl chiqsa - aql ketadi" deganlaridek, jahl ustida odam o'ldirib qo'yganiga va Laylodan ayrilganiga chiday olmadi... 
(Oradan uch soat o'tdi) 
- Bahromjon, ha ana chiqarsan xonangdan deb kutdik, mana chiqarsan deb kutdik, lekin chiqmading. A-tushlik bo'lib ketdi-ku ... O'g'lim shuyerdamisan ? - dedi Bahromning onasi xonaga sinchikovlik bilan qarab. Hechkim yo'qligini ko'rgach, endi chiqib ketmoqchi edi-hamki, stol ustida turgan bir dona oq qog'ozni ko'rib, unga yaqinlasha boshladi. Qog'ozda Bahromning quyidagi so'zlari yozilgan edi... 
- Oyijon, baxtiqaro o'g'lingizni kechiring. Men sizlarni yuzingizni yerga qaratdim. Bilib-bilmay tubanlikga bordim. Odamlar, "Buni o'g'li qotil" deb gap-so'z qilib, sizni qoralaganini eshitganingizdan ko'ra....... Oyijon, iltimos yig'lamang ! Men, bir tomchi ko'z yoshingizga ham arzimayman. O'zini o'ldirish, kechirilmas gunoh ekanini bilaman. Lekin, men shundog'am kechirilmas gunohga qo'l urdim. Bunga jazo olish uchun ham, sizlarni tark etyapman. Menga doim haq yo'ldan borishlikni, yaxshilik qilib yashash kerakligini uqtirardiz. Kechiring, men qaytanga "Qotil" degan tamg'ani o'zimga ortirdim. Meni hayotim, bir kunda butkul izidan chiqib ketdi. Oyijon, kechiring meni. Dadam va opamga ham uzurimni yetkazing... - Bahrom shu joyida uchta nuqta qo'yib, gapini tugatibdi. Bahromning onasi nimadir demoqchi bo'lardi-yu, qo'rquvdan tili ham aylanmay qoldi. Nafas olishi qiyinlashgandek, chuqur-chuqur nafas ola boshladi va yig'lab yubordi... 
Bahrom, Layloni ko'rish orzusida, Laylo avtohalokatga uchragan joyda, o'zini qarama-qarshi kelayotgan mashina oldiga tashlagandi. Allohni irodasini qarang-ki, bu voqeadan bir kun o'tib, Bahromning uyiga Bahrom kasalhonada ekani va ahvoli yaxshi ekani haqida xabar keldi. Balki Alloh uni yashashini xohlagandur. Balki Laylo uni yashashini xohlagandur... Oradan uch haftalar o'tib, Bahrom kasalhonadan chiqdi. Militsiya hodimlari undan ko'rsatma olishga kirishishdi. Bahrom, bo'lib o'tgan barcha voqealarni birma-bir gapirib berdi. Ozmuncha vaqt o'tib, davlat organlari, Bahromni aybsiz deb oqladi. Bekzodning ota-onasi ham, sud da'vo arizasidan voz kechdi. Hammasi iziga tushayotgandek muhitni his qilgan Bahrom, Layloning uyiga bordi va uning xonasiga kirib, maktab davrida hamda boshqa estalik uchun tushgan rasmlarini sog'inch ila tomosha qildi. Har bir tushgan suratida o'zgacha olam, o'zgacha samimiylik... 
- Bahromjon, bezovta qilmadimmi ? - eshik oldida Layloning onasi sekin so'z boshlab. 
- Keling oyijon, bemalol. Nega bezovta bo'lar ekanman ? Kiravering, bemalol. Men, haligi, Layloning rasmlarini tomosha qilayotgandim. Qarab turib, biroz xayolga tolibman... 
- Rahmat o'g'lim. Laylo ketgandan beri, xonasi huvillab qoldi... Shu xonaga har kirganimda, qizim xuddi manashu stolda o'tirib, kitob o'qib turgandek tuyulaveradi... (Yig'lab) 
- Oyijon, meni kechiring. Layloning a'zasiga kelolmadim. Sizga qanchalik og'ir bo'lganini bilaman. Dalda bo'lolmaganimdan afsusdaman... 
- Unaqa demang o'g'lim. Bir kam dunyo ekan. O'zingizni aybdor his qilmang. Siz yaxshi insonsiz. Qizim, siz haqingizda ko'p bor quvonib gapirardi. "Bahrom akam bilan bugun birgalikda, hamma darslarni a'lo bahoda yakunladik, Bahrom akam menga ko'pincha ko'maklashadilar" deb. "Hechkim xafa qilmayaptimi seni Laylo qizim" deb, dadasi so'raganlarida ham, "Yo'q, Bahrom akam har doim meni himoya qiladilar" deb javob berardi. Maktabni tamomlagach, rassomshunoslik o'quv markazlariga topshirmoqchi edi... Lekin nasib qilmagan ekan... - ko'zlaridan yoshni to'xtata olmay, Layloning onasi dard bilan gapirardi. - Hatto sizni suratingizni ham chizgandi. Har kuni o'qishdan qaytganida, unga tikilgancha uxlab qolardi. Xonasiga birdan kirib qolsam, shartda rasmni bekitishga urunardi... 
- Shunaqa deng... - Bu so'zlarni eshitgach, Bahromning ko'zlari, alam yoshlariga to'ldi. Ko'z yoshini yashirish maqsadida, Laylo chizgan suratga tikilib turardi. - Juda ham o'xshatib chizgan ekan... 
- Qariyb o'n kun davomida chizgandi. Har bir yerini mohirona chizishga e'tibor qaratgandi. Nihoyat buni uddasidan chidi ham. Shu rasmni chizib bo'lgan kuni, quvonchi ichiga sig'masdi. O'shanda anglagandim-ki, qizim ilk bor sevib qolibdi. Sizni ota-onangizni yaxshi taniyman. Juda ham ajoyib insonlar. Quda bo'lishimiz mumkinligi haqida o'ylab, o'shanda men ham quvongandim. Qizimni har doim shunday baxtli ko'rsam bo'ldi derdim. Endi esa ... (Yig'lab) 
- Oyijon, siqilmang. Bu balki Ollohni bizga bergan sinovidur. Yig'lamang, hali hammasi iziga tushadi. Siqilishingizni Laylo ham xohlamagan bo'lardi. O'zingizni asrang. Buyog'iga uning haqqiga duo qilmog'imiz lozim. Shunda ruhi shod bo'ladi... Endi men ham sizlarni farzandingizman, Laylo abadiy qalbimizda... - deb, Bahrom tasalli berdi... 
Категория: Sevgi | Просмотров: 4116 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок