Masalliqlar(6ta kichik kotlet uchun): -1dona baliq(4 bo'lak) -1dona piyoz -1dona toster non -1dona tuxum -2bo'lak sarimsoq -1cho'mich o'simlik yog'i -1-2stakan non uvog'i Tayyorlash: Baliqni terisini olib chiqamiz. Piyozni yog'da biroz qovurib olamiz. Baliq+piyoz qovurma_tuxum+tuz+mayda to'g'ralgan sarimsoq+ +suvda ivitilgan toster non=hammasini mikserdan chiqaramiz. Non uvog'i ustiga qoshiqda qiymadan olib solamiz Ustidan non uvog'ini sepamiz. Qo'limizga ehtiyotkorlik bilan dumaloq shaklga keltirib olib, osh dimlaydigan olovda qizigan yoqqa solamiz. Ustidan asta vilka bilan bosib biroz yoyamiz. Ikkala tomonini ham qizartirib olamiz. Sous bilan dasturhonga torting Masalliqlar: -1bosh piyoz -1-2dona pamildori -1dona sarimsoq -1chimdim tuz -1chimdimdan ziravorlar(zira.kashnich,achchiqlar) Tayyorlash: Avval pomidorni 5minga qaynagan issiq suvga solib qo'yamiz. Pomidorimiz yumshaydi va po'stlog'idan oson ajraydi. Pomidorimiz suvda turganda 1 osh-qoshiq o'simlik yog'i solingan idishga mayda to'gralgan piyozni solamiz va sariq tusga kirguncha qovurishda davom etamiz. Pomidorni suvdan olib, po'stini olib tahslab, pichoqda mayda to'g'raymiz yoki biror chuqur idishga solib qoshiqda ezamiz, shunda suvi to'kilmaydi. Piyozni past olovda biroz qizartirib, so'ng sarimsoqni solib aralashtirib,so'ngra pamildorini solib 5daqiqacha qovuramiz. Sousni har kim o'z hohishicha suyuq yoki quyuq qilishi mumkin, shunga qarab qovurish vaqti ham belgilanadi.
|