Xayolotning rangin, boy dunyosi ichra men faqat sizni izlasam, faqat sizga zorlik sezsam, nima qilay? Boshimni qaysi devorga uray? Ko‘zlarim boshqa odamga boqsa xuddi bir nima bo‘ladigandek, faqat sizni ko‘rsa, kimga aytay dodimni? Bu g‘alati hissiyotning ta’rifi bormi? Sizni ko‘rmaganimga aslida ming yillar bo‘ldi. Ming yilmi yoki ming asr?.. Bilmadim. Lekin sizni hanuz unutolmayotganim, xayolingiz bilan tunlarni qarshilayotganim, tonglarni ottirayotganim rost. Hatto tushlarimda ham ismingizni aytib chiqaman. Go‘yo dunyo faqat siz va sizdan iboratday, sizdan boshqani o‘ylolmayman. Yuragim torlaridan ishq qo‘shig‘i taraladi. Uni faqat siz tinglashingizni istayman
... DAVOMINI KO'RISH »