Sog`inch sochlari oqarib ketgan
Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi
Ishonchning qo`llari endi kesilgan
Baxtimning boshini gumon silaydi
Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam
Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar
Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on
Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar
Axir hammasi ham esmaku yolg`on!
Nahot quyosh umri shunchalar qisqa
Nahotki, oyning yarmi ham zulmat
Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa
Sevgiga go`rkov qilar xiyonat
Sevinchning surati sarg`ayib ketgan
Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi
Tirnog`im ostida zindonband shayton
Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi
|