Masalliqlar(3-4kishi uchun):
-1dona korea bodringi(2 dona o’zbekistonniki)
-1dona piyoz
-100gr go'sht
-0.5 cho’mich o’simlik yog’i
-2 bo’lak sarimsoq
-1chimdimdan ziravorlar(zira.kashnich,achchiqlar)
-0.5 piyola qovurilgan kunjut
Tayyorlash:
Piyozni mayda, go'shtni yirikroq,bodringi qalin samoncha to'g'raymiz.
Go’sht va piyozni aralashtirib tovaga solamiz va 0.5 cho’mich yog’ni quyib,
so’ngra olovni yoqamiz.
Go’sht rangi oqargach, olovni pasaytirib, qopqoqni yopib,10-15 daqiqaga
dimlab qo’yamiz. Go’shimiz pishganda bodringni solib, arlashtirib,
olovni o’chiramiz va sarimsoqni va tuzni solib aralashtiramiz.
Idishga uni suzib olib, unga sabzi salatimizni solamiz va ziravorlar,
kunjut, lozim bo’lsa tuz solamiz va aralashtiramiz.
Likopchlarga tortamiz.