Masalliqlar:
Xamiriga:
-1,5 stdan koproq un
-0.5 choy-qdan ko'proq tuz
-0.5 choy-q xamirturush (instant dry eyeast)
-0.5 choy-q shakar
-0.5 st issiqroq suv
-xamirni tagiga sepish uchun 2 osh-q un
Qiyma:
-250 gr mol go'shti qiymasi
-1ta kichkina piyoz, qirg'ichdan o'tkazilgan
-3 osh-q suv
-tuz
-murch
Sous:
-1 osh-q eritilgan saryog'
-0.5 st qatiq(yogurt)
-0.5 st sut
-50 ml extra virgin olive oil: zaytun yog'i
-Yog'langan 2 litrlik qolip
Tayyorlash:
-Tog'orachagan unni solib, ustidan tuz, xamirturush va shakar uchun uchta chuqurcha ochamiz. Chuqurchalarga tuz, xamirturush va shakarni alohidalab solib chiqib, chuqurcha ustini un bilan yopamiz. Tog'oracha ortasidan kattaroq chuqur hosil qilib, suv quyamiz, avval qoshiqda aralashtirib turib, keyin qo'limizda o'rtacha yumshoqlikda xamir qorib olamiz. 2 soatga oshishga qo'yamiz.
-Qiyma uchun masalliqlarni qo'limizda mushtlab aralashtirib olamiz.
-Stolga un sepib, oshgan xamirni uzun truba shakliga keltirib olamiz. 24ta teng bo'lakka bo'lib chiqamiz.(Original receptdagidan farqli o'laroq, men 11 bo'lakka bo'ldim).
-Har bir bo'lakning chetini surib ochib, ichiga bir osh-qdan qiyma solib, chetini yopishtiribo'rab chiqamiz.
-Xamir bo'lagining yopishtirilgan tomonini qolipning tubiga qaratib, qolipga terib chiqamiz.
-Sous masalliqlarini venchikda yaxshilab aralashtirib, qolipdagi xamirning ustidan quyamiz. 175C qizdirilgan duxovkaning o'rta qavatiga qo'yib, 40 minut davomida yoki usti tillarang tusga kirguncha pishirib olamiz.
Recept Binnurning Turk Taomlari Kitobi websaytidan olindi.