Masalliqlar(4 kishi uchun):
-1.5stakan sut(yoki suv)
-1ta tuxum
-1chimdim tuz
-1osh-q droja
-4stakan un
-30gr havo haroratida eritilgan margarin
Tayyorlash:
Un bilan margarinni uqalaymiz.
Un o’rtasidan chuqurcha ochib, droja,tuzni solamiz. So’ngra iliqdan issiq(lekin qo’l kuymaydigan) sutni solamiz va aralashtirib hamir qoramiz.
5daqiqaga yaqin hamirni mushtlaymiz(sovib qolmasligi kk,tez mushtlang)
Hamir ikki barobar oshguncha issiq qilib o’rab qo’yamiz(shamol yo’q joyga) Hamir oshgach, avval ustidan bir mushtlab olib, so’ngra kaftdek bo’laklarga bo’lib, zuvalalar yasaymiz.
Zuvalachalarni o’qlovda yoyib, patnisga teramiz, yuzasiga tuxum sarig’i(yoki qatiq, yoki suv) surib, 30daqiqa shamol yoq joyga olib qo’yamiz.
Qizib turgan duxovkada 200Cda 15-20daqiqa davomida pishiramiz.(hoh o’rtasida, hoh tepa-pastga olib,qizarguncha pishiriladi)