Bugungi yoshlarning aksariyat vaqtlarini internetda, kompyuter oldida, xullas, virtual olamda o‘tkazayotganlari ularning hayotga, haqiqiy olamdagi odamlarga bo‘lgan munosabatlarida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu degani, inson miyasining tashqi olamni qabul qilish mexanizmida salbiy o‘zgarish yuz berayapti. Agar inson ko‘p vaqtini virtual olamda yoki texnologiyaga bog‘liq vazifalar bilan o‘tkazsa, u odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni yo‘qotib boradi. Inson hattoki bora-bora yuzdagi imo-ishoralardan suhbatdoshi kayfiyatini, hissiyotini ham bila olmaydigan darajaga tushishi mumkin. Natijada miyaning insonlar bilan yuzma-yuz muomala qilganda ishlaydigan qism¬lari faoliyati xam sustlashib boradi. Pensilvaniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqot shunday xulosa bergan.