Bu salat nomini deyarli hamma eshitgan bo’lsa kerak. Markapcha salati asosan sabzidan tayyorlanib, faqat o’zi alohida salat bo’lib qolmasdan, boshqa salatlarga ham qo’shimcha sifatida ishlatiladi va judayam yaxshi maza beradi.Quida uning tayyorlanishini ko’rasiz.
Masalliqlar:
-2 dona o’rtacha sabzi
-2-3chimdim tuz
-2chimdim shakar
-1chimdimdan ziravorlar(murch,zira,kashnich va hkz)
-1 osh-qishiq uksus
-1 osh-qoshiq o’simlik yog’i
Tayyorlash:
1. Sabzini qirgichdan tayorchasimon shakl qilib ot’kazib olamiz.
Unga tuz, shakar,ziravorlar,uksusni solamiz. 2. Solgan masalliqlarimizni aralashtirib, asta-sekin qo’limiz bilan
sabzini toki miqdori yarmisi qolguncha ezamiz. 3. Yog’ni qizigan holatida solish kerak, shundagina salatimizning
mazasi yaxshi chiqadi. Yog’ni ikki usulda solish mumkin.
a. 1 osh-qoshiq yog’ni tovada qizdirib, sabzi ustiga solinadi.
Bunda solingan yog’ jizillaydigan darajada bo’lishi lozim.
b. Tovaga 2 osh-qoshiq yog’ solib, unga mayday to’g’ralgan
piyozdan ozgina solib, to rang kirguncha qovuramiz va piyozini
olib yog’ni issiqligida sabzi ustiga solamiz.(Hohlasangiz piyozi
bilan ham solishingiz mumkin).
Shu bilan salatimiz tayyor.
Yoqimli ishtaha!