МТS-Sinxronlashtirish
«МТS-Sinxronlashtirish» xizmati mobil telefoningizdagi telefon raqamlari, taqvimdagi alohida sanalar, qaydlar va SMS-xabarlarni ko’chirib olib, xizmatning sync.mts.uz saytida saqlash imkonini beradi. Endi Siz telefoningizni yo’qotib qo’ysangiz yoki almashtirsangiz, yangi telefonda barcha kerakli ma’lumotni osongina tiklab olishingiz mumkin. Shaxsiy kabinetdagi barcha ma’lumotlar shifr va parol bilan himoyalangan, ularni faqat egasi ko’rishi va tahrir qilishi mumkin.
«МТS-Sinxronlashtirish» xizmatidan foydalanish uchun «MMS/WAP/GPRS-Internet» xizmatiga ulanish kerak.
«МТS-Sinxronlashtirish» xizmatini yoqish va o’chirish
Quyidagi usullardan biri orqali xizmatni yoqish mumkin*:
- *111*0281# USSD-so’rovi yuborib,
- 616028 raqamiga SMS orqali 1 raqamini yuborib.
Quyidagi usullardan biri orqali xizmatni o’chirish mumkin**:
- *111*0280# USSD-so’rovi yuborib
- 616028 raqamiga SMS orqali 0 raqamini yuborib
Quyidagi usullardan biri orqali xizmat holatini tekshirish mumkin:
- *111*028# USSD-so’rovi yuborib
- 616028 raqamiga bo’sh SMS yuborib
*111*028# raqamiga USSD-so’rov va 616028 raqamiga SMS yuborish — $0,00 $.
Izohlar:
* Agar abonent telefonida «MMS/WAP/GPRS-Internet» xizmati yoqilmagan bo’lsa, «МТS-Sinxronlashtirish» xizmati yoqilsa, «MMS/WAP/GPRS-Internet» xizmati avtomatik yoqiladi, ushbu xizmatdan foydalanish uchun kuniga 0,02 $ abonent to’lovi yoziladi.
** «МТS-Sinxronlashtirish» o’chirilsa, abonent profili (uning shaxsiy kabinetida saqlanadigan barcha ma’lumotlar) xizmat o’chirilganidan keyin 24 soat davomida xizmat platformasida saqlanadi, shundan so’ng avtomatik ravishda o’chiriladi.
Xizmatdan foydalanish
Xizmat yoqilganidan keyin Siz xizmatning sync.mts.uz saytidagi Shaxsiy kabinetga kirish uchun parol ko’rsatilgan SMS-xabar olasiz. Shaxsiy kabinetga kirish uchun tegishli maydonda telefon raqami va xizmatni aktivlashtirishda berilgan parolni kiritishingiz kerak. Agar parolni unutib qo’ysangiz, unda 5001 raqamiga SMS orqali PSW komandasini yuborib, uni tiklash mumkin.
Saytda Siz Shaxsiy kabinetning bosh sahifasida telefon modelini ko’rsatib, sinxronlashtirish sozlashlarini olishingiz mumkin. Shuningdek mobil telefondan 5001 bepul raqamiga SMS orqali S harfini yuborib, sinxronlashtirish sozlashlarini olish mumkin. Sozlashlarni olganingizdan keyin ushbu sozlashlardan foydalanishingiz va telefondan sinxronlashtirishni ishga tushirishingiz kerak.
Telefondan sinxronlashtirish tugaganidan keyin Siz Shaxsiy kabinet sahifasini yangilashingiz kerak, u yerda telefoningizdan muvaffaqiyatli sinxronlashtirilgan ma’lumotlar uchun bo’limlar paydo bo’ladi (masalan, «Telefon raqamlari»). Ma’lumotlar quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlarga bo’linadi: Telefon raqamlari, Xabarlar, Taqvim, Qaydlar, Zakladkalar. Agar mobil telefoningiz yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarning biror tipini sinxronlashtirishga moslashmagan bo’lsa, unda saytda tegishli bo’lim hosil bo’lmaydi.
Saytda Siz yangi ma’lumotlarni qo’shib yoki o’zgartirib, axborotlarni oson boshqarishingiz mumkin. Keyingi sinxronlashtirishda barcha ma’lumotlar mobil telefoningizda avtomatik ravishda yangilanadi.
«Xabarlar» bo’limida ikkita kichik bo’lim joylashgan: «SMS-xabarlar» va «Telefondagi SMS» (agar telefoningiz SMS-xabarlarni sinxronlashtirishga moslashmagan bo’lsa, unda saytda ikkinchi bo’lim paydo bo’lmaydi).
«Telefondagi SMS» bo’limida Sizning mobil telefoningizdan ko’chirib olingan barcha SMS-xabarlar aks etadi. Siz ularni ko’rishingiz va o’chirib tashlashingiz mumkin.
«SMS-xabarlar» bo’limida Siz to’g’ridan-to’g’ri saytdan SMS-xabarlarni yuborishingiz mumkin, bunda ularni qabul qiluvchi abonentlar «Yuboruvchi» maydonida Sizning raqamingiz ko’rsatilgan oddiy SMS-xabarlarni qabul qiladi, ular xuddi mobil telefoningizdan yuborilgandek aks etadi. Bunda agar qabul qiluvchi abonent Sizning xabaringizga javob yozsa, javob xabari mobil telefoningizga boradi. Xizmat saytidan SMS-xabarlarni yuborish xuddi mobil telefondan SMS-xabarlar yuborish singari tarif rejangizga muvofiq baholanadi.
Narxi
- «МТS-Sinxronlashtirish» xizmatidan foydalanish uchun har oylik abonent to’lovi — 0,90 $/oyiga.
- *111*028# raqamiga USSD-so’rov yuborish — bepul (0 $)
- 616028 va 5001 raqamlariga SMS-so’rovlar yuborish — bepul (0 $)
- sync.mts.uz saytidan SMS-xabarlar yuborish abonent tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.
- Ma’lumotlarni sinxronlashtirish uchun GPRS-trafik sarflanadi, u abonent tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.