Super Portal Yakshanba, 24 Noy 2024, 04:10
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Mart » 2 » Muhabbat haqida...
18:47
Muhabbat haqida...

MuhabbatSevishganlar bir birlarini "mening gormoncham", loaqal "mening buyrak usti bezlarim" deb chaqirishsa to'g'riroq bo'lardi. Chunki sevgilingizga an'anaviy tarzda "mening yuragim" deb murojaat qilish bu yerda o'rinsiz. Antropologlarning oxirgi versiyalariga ko'ra, muhabbat kabi nozik hissiyotning asosida faqat kimyoviy va biologik jarayonlar yotadi...

Xo'sh, muhabbat o'zi nima? Nima uchun unga barcha yoshdagi kishilar bo'ysunadi? U har doim hayotingizga to'satdan kirib kelishini va yaqindagina muhim bo'lgan amal, pul, obro', majburiyatlar degan tushunchalar nega birdaniga o'zining ahamiyatini yo'qotib qo'yganini nima bilan tushuntirish mumkin? Faqat muhabbat bilan...

Mantiq nuqtai nazaridanbu tuyg'uni tahlil qilishning imkoni yo'q - biz sevamiz, chunki...sevganimiz uchun. Nuqta. Falsafa bu hissiyotni turlicha izohlaydi. Arastu muhabbatni inson tanasining birlamchi energiyalaridan biriga kiritadi. Aflotun muhabbatni "ilohiy gul", sir kabi qabul qiladi: unga teginish hali unianglashni bildirmaydi.

Zamonaviy ilmiy nazariyalar ushbu ilohiy tuyg'uning kelib chiqishini tabiiy opiatlar, ya'ni o'ziga xos giyohvand moddalarning xususiyatlariga ega biologik faol moddalar va gormonlarning ta'siri bilan izohlaydilar. Qisman u bosh miya qobig'ida, jinsiy bezlarda hosil bo'ladi, qo'rquv, salbiy hissiyotlar, tanqid kabilar uchun javob beradigan miyaning bo'limlarini bosib qo'yadi va faaqat lazzat markaziga ta'sir qiladi.

Yurak-chi, deb so'rarsiz? Uning muhabbatga qandaydir aloqasi bormi? Faqat kimyoviy! Oshiqlarda adrenalin deb nomlanuvchi miya gormoni faol ishlab chiqarilaOqqushlar boshlaydi. U qon bilan birga yurakning sinus tuguniga tushgan holda, yurak urishini tezlashtiradi va boshqacha "oshiqlik" ritmini yaratadi.

Qizil yurakcha - sevishganlarning ramzi - inson yuragi bilan hech qanday umumiyligi yo'q. Ushbu ramz shafaqrang fonda bir-biri tomon suzayotgan bir juft oqqush tufayli kelib chiqqan.

Biz tanlaymiz
Muhabbat mutlaqo nazorat qilib bo'lmaydigan hodisa ekani, qachonlardir sevgan yoki hozir oshiq bo'lgan hammaga ma'lum. Chiroyli va iste'dodli ayollar suygan erkak ko'rimsizgina ayolni xotinlikka olgan holatlarga ham misollar ko'p uchraydi. Bunda u sevikli yoridan tashqari atrofidagi boshqa hech kimni sezmaydi. Ma'lum bo'lishicha, hatto turmush o'rtog'ini tanlash kabi mas'uliyatli jarayonda ham hissiyotlarni biologik faol moddalar, ya'ni jinsiy moyillik va qo'zg'alish uchun javob beradigan feromonlar boshqarar ekan.

Birmingem universiteti olimlari 840 nafar ayol ishtirokida o'tkazgan eksperiment ushbu versiyaning tadig'iga aylandi. Olimlar o'nta stulning bittasiga tarkibida erkak gormonlari bo'lgan ekstraktni sepishadi va ayollarning har biriga xonaga kirib, o'ziga yoqqan stulga o'tirishni taklif qilishadi. Natijada 810 nafar ayol aynan feromonli stulni tanlaydi. Ular o'zlarining nega aynan shu stulni tanlaganliklarini tushuntirib bera olishmadi. Bu tushunarli, axir atirdan farqli o'laroq, insonning shuuriga ta'sir qiladigan feromonlar hidga ega emas-da. Aytganday, yozgi o'tkinchi yurishlar va qizg'in kechadigan janubiy romanlar aynan mana shu kimyoviy birikmalarning ta'siri bilan bog'liq. Ter faol ravishda ajralib chiqa boshlaganida feromonlar ham faol ishlab chiqarila boshlaydi hamda erkak va ayollarning aqlini o'g'irlaydi, ularni hamma narsa haqida unutishga va muhabbat girdobiga sho'ng'ishga majbur qiladi.

MuhabbatGormonal o'yinlar

Muhabbat turlicha bo'ladi. Kimlardir o'zini qushday his qiladi, boshqalar esa haqiqiy azobda qoladilar. Eng kuchlistressni inson romantik muhabbat tufayli his etar ekan. Bitta nigoh, teginish, tovush istak gormoni, ya'ni dopaminni faollashtiradi, miyadagi lazzat markazi faol holatga kiradi. Iymanish va qo'rquvdan tortib, to mutlaq baxtiyorlik hissigacha bo'lgan bir talay his-tuyg'ular bo'roni paydo bo'ladi.

Amerikaning Rutgers universiteti professori doktor Fisherning ta'kidlashicha, romantik muhabbat, odatda, 18 oydan uch yilgacha davom etadi. Agar o'zaro munosabatlarda real to'siq bo'lsa, masalan, oshiqning biri oilali bo'lsa yoki sevishganlar turli shaharlarda yashashsa, bu undan ham uzoqroq davom etishi mumkin. Yaqinlashishga qarshilik qiluvchi to'siqlar romantik muhabbatning davomiyligini uzaytiradi va uni jadalroq qiladi. Olimlarning fikricha, aynan romantik hislar bilan xayrlashish juda qiyin kechadi.

Lazzat ortga cho'zilganida, miya muhabbat hissini kuchaytirgan holda, dopaminga asoslangan tizimni faollashtirishda davom etadi. Agar u javob olmasa, og'riq va azob yuzaga keladi, boshqacha qilib aytganda - javobsiz muhabbat. Oshiq o'zini qo'yishga joy topolmaydi va juda osongina asabiy tushkunlikka tushishi mumkin. Kishilarning ba'zilari bu holatni qisqa vaqt ichida yengib o'tishga qodir, boshqalar esa yillab, o'n yillab, ba'zida umrining oxirigacha azoblanadilar. Bularning barchasi feniletilaminkimyoviy birikmasining ta'siri ostida yuz beradi. U oqilona fikrlash markazining xushyorligini susaytiradi va istak ob'ektiga bo'ysunish hissi uchun javob beruvchi uchastkani aktivlashtiradi. Vaziyat xuddi ruletka o'yinini eslatadi: oldiniga kishini eyforiya egallab oladi, keyin uning irodasini bukib qo'yadi va u qanchalik ko'p yutqazsa, bog'liqlik shunchalik kuchayadi. Muhabbatda ham xuddi shunday: sevgan ikshingizning yuragi tomon yo'l qanchalik mashaqqatli bo'lsa, unga bog'liqlik shunchalik kuchli bo'ladi.

O'zaro muhabbat bunday ehtirosli bo'lmaydi, chunki hissiyotlarni gormonlar, ya'ni endorfinlar boshqaradi. Oshiqlar birgalikda o'zlarini yaxshi his etadilar, ular faqat birMuhabbatnarsani - birgalikda yolg'iz qolishni istaydilar. Endorfinlarga oksitotsin, ya'ni istak va zurriyod qoldirish gormoniqo'shilganida esa, to'liq baxtiyorlik va mehr-muhabbat hissi paydo bo'ladi. Oksitotsin gipofiz tomonidan qonga ishlab chiqariladi va ko'payish instinktini faollashtiradi.

Ko'pgina biokimyo mutaxassislari biz faqat bir kishinigina haqiqatan ham sevishimiz mumkin degan xulosaga kelishgan. Shu tarzda, tabiatning o'zi har birimiz uchun ideal juftni tayyorlab qo'ygan. Bizning ishimiz uni topish va u bilan birga baxtli hayot kechirishdan iborat. Ammo endi bu kimyo va biologiyaning ishi emas.

Yel universiteti ruhshunoslarining ta'kidlashicha, agar ofisda bitta sevishgan juftlik paydo bo'lsa, ketma-ket boshqa ishdagi ishqlar ham paydo bo'ladi. Ba'zida muhabbat qarmog'iga xodimlarning 30 foizi tushishi mumkin.

  • Testosteron erkak gormoni sifatida ma'lum bo'lib, u erkaklar moyagidagi Leydig hujayralari tomonidan, shuningdek ayollarning tuxumdonlarida va ikkala jins vakillarining buyrak usti bezlarida sekretlanadi. U jinsiy moyillikni kuchaytiradi.
  • Estrogen — ayollardagi asosiy jinsiy gormon bo'lib, usiz odamzod allaqachon o'zining mavjudligini to'xtatgan bo'lardi. Ayollarning maftunkorligi uchun javob beradi va jinsiy organlarning ishini rag'batlantiradi. Asosan ayollarning tuxumdonlarida va oz miqdorda erkaklarning moyagida ishlab chiqariladi.
  • Oksitotsin — istak gormoni, u faol jismoniy xohishni keltirib chiqargan holda, erkak va ayollarning psixoemotsional sohasiga ta'sir qiladi. Masalan, ayollarda organzm paytida uning miqdori keskin oshadi.
  • Serotonin  lazzat gormoni, u libidoni oshiradi. Uning yetishmovchiligi ham, ko'pligi ham depressiyaga olib kelishi mumkin.
  • Dopamin buyrak usti bezlaridagi miya moddasi tomonidan ishlab chiqariladi va istakni qo'zg'aydi.
  • Feniletilamin yagona muhabbat gormoni hisoblanadi va u oshiqlik hissini keltirib chiqaradi.
  • Progesteron  tuxumdonlarning asosiy gormoni bo'lib, erkaklarda ham, ayollarda ham buyrak usti bezlarining qobig'ida ishlab chiqariladi. Ishqiy va jinsiy munosabatlarning paydo bo'lishiga to'sqinlik qilgan holda ta'sirchanlikni kamaytiradi.

Ekspert fikri: Vixlidova Marta - NEOCORTEX nazariy tadqiqotlar ilmiy markazining bo'lim boshlig'i, Chexiya, Brno: «Oksitotsin' uni yana muhabbat va do'stlik gormoni ham deyishadi, odamlarning xatti-harakatida muhim rol o'ynaydi. Ko'plab ilmiy tajribalar oksitotsin moddasining ta'siri ostida erkaklar iliq va mehrli so'zlarga ta'sirchan bo'lib qolishadi, ishonuvchan bo'lib qolishadi, boshqa kishilarning kayfiyatini yuz ifodasiga qarab tushunadigan va suhbatdoshining ko'zlariga ko'proq qaraydigan bo'lishadi. Shuningdek, oksitotsin ijtimoiy ahamiyatga ega axborotga ishlov berishda qatnashadigan va bezovtalik va qo'rquv hissini boshqaradigan miya bo'limining faolligini susaytiradi. Ayollarda oksitotsin miqdorining oshishi bachadonning silliq mushaklari faoliyatini yaxshilaydi va sevgilisiga bo'lgan bog'liqlikni oshiradi».

Категория: Sevgi | Просмотров: 4620 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок