Nilufar Usmonova Turkiyada kutilmagan ajoyib klipni tasvirga tushirdi. 2 kun davom etgan ushbu suratga olish ishlariga tayyorgarlik ancha jiddiy kechdi. Klip uchun maxsus kater, antikvar avtomashina gaplashildi va klip suratga olish maydonida juda ko'plab odamlar ishtirok etdi.
Klipni Turkiyada o'z nomiga ega bo'lgan "Muzik Prodyksiyon" studiyasi suratga tushirdi. Bu videostudiya Tarkan, Sardar Ortach va ko'plab turk yulduzlarining kliplarini suratga olgan. Klip jarayonida eng yaxshi stilistlardan biri Zamir Kabak hamda taniqli vizajist Ozlem Nilufarning tashqi ko'rinishi ustida ish olib borishdi. Klip suratga olingan qo'shiq "Hayot go'zal" deb nomlangan bo'lib, uning musiqasi muallifi Jasur Abdurahmonov, so'zlari muallifi esa Bobur Umarov hisoblanadi.