O'lim
xayol emas,erur haqiqat.
O'lim haqida nogahon gapirsa tillar,
Qo'rquvdan titraydi bu gumroh dillar.
So'ramasdan o'tmoqda qanchalab yillar,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.
Ajal kelsa demaydi u yosh,bu qari,
O'limni totguvchi tirik jon bari.
O'limga yaqinmiz ulg'aygan sari,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.
Soatlab seriallarni ko'z uzmay ko'rib,
Ibodatlar qildikmi Allohdan qo'rqib.?
Bilaman ushbu gapim tushmaydi yoqib,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.
Peshonaga bitilganin bilolmas hech kim,
Yashaymiz taqdirga bo'yin egib jim.
Tillar ham bu borada deyolmas lom-lim,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.
Ajal kelib qolsa qamchisin öynab,
Aytolmaslar ba'zilar Tavhidni qiynab.
Bosaylik bizlar endi qadamni o'ylab,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.
Tog'larchalik mol to'plab,qoldiramiz-ku,
Dunyo deb oxiratni kuydiramiz-ku.
Keladi kun ushbu gapni suydiramiz-ku,
O'lim xayol emas,erur haqiqat!