Otam xatosi tufayli baxtsizman
Bizning oilada otamning gapi gap. O’rtog’im o’g’liga so’ratgandek
bo’lyapti. Mabodo sovchilikka kelib qolishsa, Yo’q demanglar, degan edi onamga
men hali 17ga ham kirmagan vaqtimda.
Oradan bir oy ham vaqt o’tmay aytgan odamlari keldi va o’n kunga bormay to’yimni
o’tkazdik. Hali ona suti og’zidan ketmagan qiz ko’z ochib yumguncha kelinga
aylandim. Nolimayman, qaynonamning uyida u qadar qiynalmaganman. Hamma narsa
yetarli va ro’zg’or ishlariga meni juda urintirishmasdi. Har doim ko’nglimga
qarashgan. Ammo buning bejizga emasligini keyin bildim. Turmush o’rtog’im
to’yimizdan oldin yoshi o’zidan ancha katta ilakishib qolgan ekan. Afsuski,
erim mendan ko’ra unga ko’proq vaqt va pul sarflardi. Buning ustida uimizda
ko’p janjal bo’lgan. Hatto farzandlarimiz ham dadasini o’sha ayoldan sovuta
olmadi. Mana endi uch bolam bilan otamnikida o’tiribman. Erim esa o’sha ayol
bilan. Endi nima qilishni bilmayapman.
|