Sevilish
— boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir.
K. Tile.
Sevgi
— bu yashamoqlik istagidir
M. Gorkiy.
Sevgi
barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni,
qalb va vujudni egallab oladi.
F. Volter.
Propertsiy.
Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan
boyitishi kerak va boyitadi ham.
A. S. Makarenko.
Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi,
dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor,
barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.
Mayn Rid.
Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni
unutishdir.
J. J. Russo.
Muhabbat odamni tanimaydigan darajada
o'zgartirib yuborishi mumkin.
Terentsiy.
Eng aqlli erkak sevgan paytida ahmoqqa
aylanadi; eng yengiltak qiz esa sevsa oqila bo'lib qoladi.
M. Safir.
Hech nima erkak qalbini sevilganlik
tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi.
G. Senkevich.
Faqat sevgan kishigina inson degan nomga
munosibdir.
A. A. Blok.
Sevgi har qanday qismatga ham zarba
beradi.
M. Servantes.
Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir.
B. Fontenel.
Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa
chegarasiz.
M. Y. Lermontov.
Sevgi qizamiqqa o'xshaydi: qancha kech
qo'zisa, shuncha xavfli.
D. Jerrold.
Sevgisiz odam — odam emas.
Qobus.
Sevgisi yo'q odamlar —buzilgan odamlardir.
B. Shou.
Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard
kishining ishi.
M. Gandi.
Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati
hechdir.
G. Ibsen.
Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir,
kimniki hech kim sevmasa, u hamma joyda va hamma davrada yakka-yolg'izdir.
J. Sand.
Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq
sharpaga aylantiradi, u ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni
baxtga aylantiradi.
L. N. Tolstoy.
Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga
faqat achinish kerak.
R. Berns.