Birovning baxti uchun uzini qurbon qilish oson emas,- dedi Yashnar amaki qo'lidagi kosov bilan gulxanni qo'zgar ekan.- buning uchun odam o'zini uzi yenga olishi kerak. U kishinig gapini eshitib , boyadan beri atrofda g'ala-g'ovur qilib bir biriga gap bermay sayrayotgan kursdoshlarimiz xam safimizga kelib qoshildi. Xuddi qiziq xikoya boshlanayotgandek xamma butun vujudini quloqqa aylabtirib, amakining ogzini poyladi. Amaki esa jim edi. Aslida bu yerga bir oy ilgari paxta tergani kelgan edik. Ko'z ochib yumguncha yigim terim xam nixoyasiga yetib bormoqda. Ustozlarimizni aytishiga qaragande tez orada o'qishga qaytar ekanmiz. Lekin biznig siraxam ketgimiz yo'q o'tgan kunlar mobaynida qishloqqa uning mexribon odamlariga, ayniqsa, Yashnar amakiga juda o'rganib qolibmiz. Ularni tashlab ketishga sira xam konglimiz bolmayapdi. Yashnar amaki yoshi qirqdan oshganiga qaramay juda xazlkash odam edi, tanishu begonalarni ko'nglini birdek olardi. Birinchi suxbatnig uzidayoq uziga oshufta qilib qoyardi. Kegin xar korganda suxbatini olging kelib yuraverading. Latifa, rivoyat, afsonalar aytishga usta edi. Kechqurun paxtadan qaytganimizdan so'ng. Shiypon xovlisida gulxan yoqib, bilgan ko'rgan eshitganlarini, biz bilan baxam korardi. Ammo men bazuda sezardim.. Amaki uzini xar qancha xursant korsatmasin, qandaydur dardi bor edi. - xozrgi zamonda birovni jon kuydirib o'ylaydiganlar oz bolsa kerak . dedim- extimol umuman yo'qdur, ayniqsa qurbonlik talab qilinadigan bolsa. - qurbonlikni xechkim talab qilmaydi - deya amaki yuragi va boshiga ishora qildi. Xullas bizni intiqlik bilan kutayotganimizni sezgan amaki xikoyasini boshladi..... " O'shanda 21 yoshda edim oliygoxda o'qirdim, yotoq xonada turardim. Diana bizdan bir kurs pastda o'qirdi. Biram nozik ko'klikkina qizcha edi, ovozi mayin sochlari tundek qora, buyuk musavvirning eng oliy ishidek tuyulardi menga. O'shanda men birinchi kursni tugatib yozgi ta'tilda qabul bo'limida ishlayotgandim, uning xujjatlarini o'zim qabul qildim, u imtixondan o'tdi. Bilmadim bu qanday xis edi, uni ko'rsam badanimda chumoli o'rmalagandek bolar, yuzim alanga misol yonardi, ko'rdim deguncha joyimda tosh qotardim. Ketgach, ko'zlarimga buyruq berardim, yana unga qarasang o'lasan! Biroq ko'zlarim faqat unigina korardi, XA MEN SEVIB QOLGANDIM. Xar tong uni ijara uyiga borardim uni kuzatib ortidan o'qishga qaytardim... Shu yo'sinda oradan oylar o'tdi kegin yillar... Men to'rtinchi u uchinchi kurs boldi. Kunlarnig birida darsga kech qolganim sabab, kutubxonaga kirdim va sevimli romannimni endi olib o'qimoqchi edim orqadan taraxtlagan shovqin eshitildi, bordim, u yerda kitob javoni yiqilib, kitoblar chochilib yotardi, ne ko'z bilan ko'rayki sarosimida turgan qiz Diana edi. Men endi kitoblarni yigishga kirishganimda gursillagan tovushni eshitib, domlalar xamroxligida zalga dekan kirib keldi. Avzoyi o'zgardi, eng yomoni qiz va yigitni dars paytida kutubxonada uchratganidan be nixoya xayratlandi. - qaysi biring qulattin. G'azabli nigoxini bizga qaratdi. - men qulatdim. Dedim tap tortmasdan. Dekan indamay chiqib ketdi. SUkutni buzib yoqimli ovoz eshitildi. - raxmat! yuzim lov etib qizardi nima deyishimni bilmay qoldim. - xech qisi yo'q dedim. Xayolimda esa birozdan kegin dekan chaqirishini bilardim. Javonni amallab tiklayotib miyyamdan bir o'y yarq etib o'tdi. "ayni muddao" dedim. PIchirlaganimni eshitdi shekilli . - Nima - dedi boshini xiyol ko'tarib. - anchadan beri yonizda bolishga fursat topolmay yurgandim dedim. xuddi talmovsiragan odamdek. -ismim... U gapimni ogzimdan yulib ketdi.. - Yashnar. Bu bizning ilk tanishuvimiz edi. Kegin deyarli xar kuni uchrasha boshladik, bir-birimizga ko'ngil qo'dik. Ammo munosabatimizni xech kimga sezdirmadik. Shanba kuni kechga yaqin xamxonam Olimjon xursandligidan o'ziga sigmay eshikdan kirdi. - Senga anchadan beri aytmoqchi bolib yurgandim, sevgan qizimni rasmini olib keldim. Men qo'limdagu kitobni stol ustiga qo'ydim Olimjonga xangu-mang bo'lib turardim. U bilan 4 yildan beri birga o'qidik qiyomatli do'st tutunganmiz. Otan onalarimizni dada oyi deb chaqirardik. - O' pismiq qizlarga xushim yo'q deb toza axmoq qilibsanda meni , dedim xafa bolgandek. U yoqimli jilmayib qolidagi rasmni bagriga bosdi, uning jigiga tegish uchun dedim.. - kim ekan u baxti qaro? bir ko'raychi! U rasmni menga uzatdi. qaradim. Qo'l ayogim boshashib suratga tikildim. - Qalay? deb soradi OLimjon So'ng o'zicha magrurlandi.. - Biz topgan qizni ko'rib mana shunaqa miq etolmay qolasiz. Xa chindan xam miq etolmasdim, xatto menda xam bolmagan Dianani surati do'stimnig kaftida edi.
|