Super Portal Payshanba, 21 Noy 2024, 23:00
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Oktyabr » 30 » SIZ E`TIBOR ISTAYSIZ...
01:42
SIZ E`TIBOR ISTAYSIZ...
SIZ E`TIBOR ISTAYSIZ...

Ko‘pincha kimnidir yoqtirib, uning e’tiborini tortish qiyindek tuyiladi. Nazaringizda, u sizdan ancha yiroqda: qo‘lingiz yetmaydi, hech qachon erisha olmaysiz. Biroq hammasi siz o‘ylaganchalik emas. Eng avvalo, siz e’tiborini tortishni istagan odam sizning e’tiboringizga arziydimi-yo‘qmi, shuni aniqlashingiz kerak. Shundan keyingina bir qarorga kelishingiz mumkin.

Demak, yaxshilab o‘ylab javob bering: nima sababdan uning e’tiborini tortmoqchisiz? U bilan nikohdan o‘tmoqchimisiz? Yoki oniy havas asirimisiz? Yoki uni avval yaxshiroq bilib olishni istaysizmi? Xatti-harakatlaringiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Biroq siz yoqtirgan odamning e’tiborini tortish borasida bir qancha umumiy tavsiyalar mavjud.


Quyida ularning ayrimlarini keltiramiz.

* Eng avvalo uni yaqindan o‘rganing. Kim u, nimani yaxshi ko‘radi, nimani yoqtirmaydi, qanday muomalani ma’qul ko‘radi, nimalarga qiziqadi? Buning uchun esa, kamroq gapirib, kuzatishingizga, tinglashingizga, tahlil qilishingizga to‘g‘ri keladi.

* O‘rganish jarayonida jonga tegmang. Betayin savollar bilan uning boshini qotirmang. Chetdan kuzatishga harakat qiling. Uning hayoti tafsilotlari haqida do‘stlari, qarindoshlari va tanishlarini savolga ko‘mib tashlashdan ham foyda yo‘q.

* O‘rganish jarayoni ancha og‘ir ekanini, tezda tugamasligini hisobga oling. Axir, tez erishilgan narsa tez yo‘qotilishi hammaga ma’lum-ku.

* Uni o‘rganing, ammo o‘zingizni ko‘zko‘zlayvermang. Ko‘proq vaqtgacha e’tiborini tortmaslikka harakat qiling (har qancha ziddiyatli tuyilmasin). O‘zingizni yaxshi ko‘rsatishga urinmang. O‘zingizga kerak odamni tanlang, kimningdir e’tiborini tortish niyatida bo‘lmang.

* Uning qiziqishlarini baham ko‘rishga urining. Biroq bunda samimiyat zarur, aks holda, bundan hech nima chiqmaydi. Agar uning qiziqishlari sizga yoqmasa, demak, unga bo‘lgan munosabatingiz ham yuzaki bo‘lishi mumkin...

* Uning qiziqishlarini baham ko‘rish asnosida asta-sekin e’tiborini torta boshlaysiz. Avval unga inson sifatida qiziqarli bo‘ling: bu holatda tug‘ilgan qiziqish ancha chuqur bo‘ladi va uzoq davom etadi.

* Uning didini ham o‘rganish lozim. Axir, unga yoqmaydigan uslubda kiyinsangiz, e’tiborini torta olmaysiz.

* Uni cho‘chitishi mumkin bo‘lgan ishlarni qilmang, garchi noan’anaviy harakatlaringiz bilan uning e’tiborini tortishni xohlasangiz ham. Bunday holatda uni o‘zingizdan nari itarishingiz mumkin.

* Unga hayotda nima yetishmasligini bilishga urining (moddiy narsalar emas, muloqot printsiplari). Hayrat, do‘stona munosabat, suhbat, sukut?..

* Shuni unutmaslik kerakki, o‘rganish jarayonida o‘sha odam hafsalangizni pir qilishi hech gap emas. Chunki siz real odam emas, o‘zingiz xayolingizda yaratgan obrazni sevgan bo‘lishingiz mumkin. Obraz erib ketgan bo‘lsa, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Uning haqiqiy qiyofasini keyinroq (masalan, to‘ydan keyin) emas, hozir bilib olganingiz yaxshi-ku. Bu bilan siz hech nima yo‘qotmaysiz.

* Natija siz kutgandek bo‘lmasa, tushkunlikka tushmang. Baxtingizga nuqta qo‘ymang. Balki sal nariroqda sizni haqiqiy baxtingiz, sevgingiz kutayotgandir. Sizni qadrlolmaydigan odamga vaqtingizni sarflab yurmang!
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 3881 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 2
Mehmon: 2
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок