Sog’lom, quyuq, ipakdek mayin va jilvakor sochlar xamisha ayol salomatligi va go’zalligining timsoli bo’lib kelgan. Lekin, afsuski, xammamiz xam ana shunday sochlar bilan maqtana olmaymiz. Buning sababi bir tomondan salomatlik, irsiy moyillikka borib takalsa, ikkinchi tomondan esa o'zimizning e’tiborsizligimiz, noto'g'ri parvarishdir.
Soch parvarishida eng muximi uni toza xolda saqlashdir. Shampun, balzam va boshqa vositalarni tanlashda, albatta, soch turi, xolatini e’tiborga oling. Chayishda esa turli dorivor o'tlar damlamasidan foydalansangiz, yanada yaxshi. Bunda moychechak, gazanda o't, yalpiz, dalachoy o'tlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, limon, sirka (1 choy qoshigi 1 litr suvga) kushilgan suvda, pivvoda chayish xam sochlaringizni jilvakor qiladi.
Sochlarning xam yuz terisi kabi quruq, urta va yog'li turlariga bo'lish mumkin. Sochlarning quruqlashishiga biron kasallik, vitaminlar etishmasligi yoxud kimyoviy vositalardan ko'p foydalanish sabab bo'lishi mumkin. quruq sochlar murt, jilosiz, zaif bo'ladi. Bunday sochlarni yanada quruqlashishiga olib keladigan muolajalar – buyash, rangsizlantirish, kimyoviy jingalak qilishdan kamroq foydalanish kerak. Agar soch uchlari "gullab" ketgan bo'lsa, vaqti – vaqti bilan kesib, biron usimlik moyi yoki tarkibida A vitamini bo'lgan krem surting.
Sochlarning yogli bo'lishi yor bezlari funkstiyasining me’yordan ortiq ishlashi bilan bog'lik. Bunda ko'p xollarda soch tukilishi, kazgoklarning paydo bo'lishi kuzatiladi.
Soch yuvishda shampun o'rnida kuyidagi tabiiy vositalardan foydalanish mumkin:
Qadimdan qo'llanib kelingan vosita – qatiq xaqiqatdan xam sochga juda foydalidir. U soch tolalarida uziga xos qobiq xosil qilib, uni turli zararli ta’sirlardan ximoya qiladi, oziqlantiradi. Qatik sochga 20 – 30 daqiqaga surtilib, so'ng shampun bilan yuviladi.
Tuxum xam soch yuvishda ajoyib vositadir. Uning tarkibida barcha foydali aminokislotalar mavjud Ishlatishdan oldin ozgina ili k suvda kupirtirilib, sochga surtiladi.
25 gramm bolalar sovuni kirgichdan utkazilib, unga yarim stakan iliq suv qushiladi va kupirtiriladi. Ishlatishdan avval 50 gramm spirt va tuxum sarigi bilan aralashtiriladi. Bu shampun urnida bemalol ishlatilishi mumkin, sochlarni tozalabgina qolmay, balki ularga juda foydalidir. Quruq sochlarda yuvishdan avval sochga kanakunjut yoki zaytun moyidan surtish lozim.
Tuxum kupirtirilib, 1 choy qoshiq spirt va bir – necha tomchi limon sharbati qushiladi. Aralashma bosh terisiga va soch tolalariga surtiladi. Bu vosita yogli sochlar uchun tavsiya qilinadi.
Sochni muntazam ravishda oziqlantirish uning yaxshi usishiga sharoit yaratib, uning jilvakor, soglom bulishini ta’minlaydi. Bunda quyidagi soch nikoblaridan foydalanishingiz mumkin: Sabur nikobi: 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq sabur (aloe)
sharbati, 1 choy qoshiq qirrichdan utkazilgan sarimsok va tuxum sarigi. 20 daqiqaga surtiladi. Bu nikob yogli sochlar uchundir.
Asalli nikob: 2 choy koshik asal, 2 ta tuxumning sarigi va ozgana kanakunjut moyi. Bu niqob soch tukilishida, kazgokda yaxshi samara beradi. 40 dakikaga surtiladi.
Vitaminli nikob: 1 ta tuxumning sarig'i, 1 osh qoshiq usimlik moyi va bir – necha tomchi A va V vitaminlari qushiladi. 30 – 40 daqiqadan sung yuvib tashlanadi.
Kartoshkali niqob: xom kartoshkaning 2 osh qoshiq sharbati, 2 osh qoshiq sabur sharbati va 20 gr. asal. Aralashma soch ildizlariga uqalab surtiladi va 2 soatga issiq qilib uraladi. Bu nikob soch tukilishida qullanib, xaftada 2 marta foydalanish lozim.
Konyakli niqob: 4 osh qoshiq asal, bir ryumka konyak, 1 ta tuxum sarigi. Bir xil massa xosil bulguncha kupirtiriladi. Sung 25 daqiqaga issiq qilib urab quyiladi. Bu niqob sochlarga chiroyli jilo beradi.
Zaytun niqobi: isitilgan zaytun moyiga 1 choy qoshiq limon sharbati, tuxum sarigi va bir – necha tomchi A vitamini qushiladi. Ilik aralashma sochlarga, bosh terisiga surtilib, 1 – 2 soat davomida ushlanadi. Kuruk sochga ega ayollar bu niqobdan foydalanishlari mumkin.
Yogli soch terisi, soch tukilishida va kazgokda kunora bosh terisiga surtish uchun uy sharoitida tayyorlangan quyidagi losonlardan foydalanish mumkin:
Kalampirli loson: qizil kalampir 250 gramm arokda 2 xafta davomida ivitiladi. Sung suvi elakdan utkazilib, kunora soch terisiga surtiladi. Bu loson soch tukilishi, kazgok va soch oqarishida foyda beradi.
Giyoxli loson: 100 gramm gazanda ut 1 litr suvda 30 dakika davomida qaynatiladi. Sung suyuqlik teng miqdorda olma sirkasi bilan aralashtiriladi.