Sochni parvarish
qilish. Kir sovun bilan bosh yuvish tavsiya etilmaydi. Boshni chayqash uchun
ishlatiladigan oxirgi suvga sirka yoki limon suvi qo'shilsa (1 litr suvga 1
choyqoshiq) soch ipakdek mayin bo'lib yaltirab turadi. Oqish va sariq rangdagi
sochni chayish uchun moychechak damlamasini (2 osh qoshiq moychechak 1 litr suvda 10—15
minut qaynatiladi, so'ng dokadan o'tkazib, suzib olinadi) ishlatish mumkin.
Shunda soch chiroyli tilla rang tusga
kiradi. Soch juda yog'li bo'lsa, boshni chayish uchun ishlatiladigan suvga
novshadil spirt qo'shish mumkin (1 litr suvga 1 choy qoshiq.
Quruq sochni faqat sariyog' qo'shilgan
maxsus sovun bilan yuvish tavsiya etiladi. Xalqimizda qadimdan sochni sovun
o'rniga qatiq surtib yoki tuxum sarig'ini ishlatib yuvish usuli keng qo'llab
kelinadi. Bunda bosh terisi va sochga qalin qilib qatiq surtiladi va 10—15
miniut ro'mol bilan o'rab qo'yiladi, avval issiqroq, so'ng issiq suv bilan
yaxshilab yuviladi. Hozirgi davrda ko'pchilik, ayniqsa yoshlar qatiq bilan
yuvganda xidi kelib turadi, deb har xil kimyoviy moddalar aralashmasidan
tayyorlangan shampunlar bilan yuvishni ma'qul ko'radilar. Sochning chiroyli,
uzun bo'lishi uchun uni faqat yangi qatiq bilan yuvib turish tavsiya etiladi.
Chunki yangi qatiq bilan yaxshilab yuvilgan sochdan hech qanday hid kelmaydi,
soch tomir va ildizlari mustahkamlanadi, shuningdek bir xil narsa bilan
yuvishga soch odatlanadi, natijada kam to'kiladi, yaxshi o'sadi, rangi ham
chiroyli bo'lib, kam oqaradi. Hozirgi yoshlarning boshiga nazar tashlasak, ularning
50 foizida 25—30 yoshidan boshlab sochlari oqarib ketayotganini va soch
bo'yog'idan foydalanib yurishlarini ko'rish mumkin. Sochni erta oqarish,
siyraklashib, to'kilib ketishidan saqlash uchun, uni bir xil tartibda, qatiq
ishlatib yuvish o'zining ijobiy samarasini beradi. Bunday tartibga amal
qilinganda 50—55 yoshdan so'nggina sochga oq oralay boshlaydi. Bu holni normal,
tabiiy oqarish deb hisoblash mumkin. Agar bu yoshdan ancha ilgari oqargan
sochlar bo'lsa, ular kasallikka chalirigan
sochlar hisoblanadi. Agar soch yog'liroq bo'lsa, uni qatiq bilan
yaxshilab yuvib bo'lgandan keyin 1 litr suvga 1 ta tuxum sarig'ini yaxshilab
aralashtirib, yana bir bor yuvib tashlash tavsiya etiladi. Aksincha, soch ko'p
to'kilayotgan yoki haddan tashqari qumq bo'lsa, istalgan o'simlik moyiga
kanakunjut yoki qariqiz moyi qo'shib, bosh yuvishdan bir necha soat ilgari
sochga surtib qo'yish lozim.
Soch kalta bo'lsa, uni ildizidan, uzun
bo'lsa, uchidan boshlab taroq bilan tarash kerak. Yuvib bo'lgandan so'ng boshni
yaxshilab yumshoq sochiq bilan artib quritish kerak. Uni boshga o'rab qo'yish
yoki ro'mol bilan o'rab qo'yish kishi salomatligiga zarar etkazadi. Chunki
boshni yuvganda, albatta, issiq, suvga yuviladi, shunday ekan, tabiiyki, bosh
terisi isib bug'lanadi. Shu bug'lanish ochiq holda bo'lsa, soch tez quriydi,
aksari holda bug'lanayotgan soch sovib, bosh terisini ham sovitib qo'yadi,
ayniqsa ho'l holida ro'mol bilan bog'lab tangib olinsa, natijada bosh terisi
yoki miya shamollaydi.
Hozirgi kunda sochni cho'tka (massaj taroq)
bilan tarash ko'pchilikka urf bo'lmoqda. Bunday tarash vositasi ko'proq kalta
sochlar uchun qulaydir. Aslida uzun soch uchun ham, kalta soch uchun ham
xalqimizning qadimdan ishlatib keladigan shamshod va shu singari yog'och
taroqlaridan foydalanish ayni maqsadga muvofiqdir. Chunki uning ikki tishi ikki
holatda sochni tarashga mo'ljallarigan. Soch chigal bo'lgan vaqtda katta tishli
tomoni bilan taralsa, turmaklash vaqtida esa mayda tishli tomonida taraladi.
Bunday shamshod, yog'oq, tut daraxtlari parragidari tayyorlangan taroqlar bilan
boshni yuvganda, avvalo soch yaxshi toza bo'ladi, sirka, bit tushishiga yo'l
qo'ymaydi.
Shuningdek, bu taroqlar bilan sochni
tarayotganda elektrlanmaydi, natijada soch ham kamroq to'kiladi. Cho'tkali
taroqda taralganida esa soch elektrlanadi, ayniqsa quruq soch bo'lsa kuchli
elektrlanadi, natijada soch tolasi taralayotgan vaqtda tez uziladi va ko'proq
to'kiladi.
Наг bir kishida
o'zining tarog'i bo'lishi kerak. Boshqalar tarog'i va cho'tkasidan foydalariish
mumkin emas.
Bolalar sochini oldirish yoki kestirish
ozodalik va ko'rkamlik maqsadida qilinadi, lekin u sochning yaxshiroq o'sishi
uchun yordam bermaydi. Shuningdek, boshni o'stirada, qirdirish ham sochni
mustahkamlamaydi.
Og'ir va tor bosh kiyim kiyish, ayrim
ayollar kabi parik bilan yurish bosh terisini siqib qo'yadi va ayni vaqtda
sochga havo tegib turishini qiyinlashtiradi, soch to'kilishini kuchaytiradi. Oftob,
shamol, dengiz suvi, chang va boshqalar ta'sirida soch rangsizlanib, xira
tortadi, quruq, mo'rt bo'lib qoladi. Sovuq, keskin harorat o'zgarishlari ham
soch holatiga yomon ta'sir ko'rsatadi. Changda ishlaganda boshga ro'mol o'rash,
cho'milgan vaqtda rezinka qalpoq kiyib olish kerak. Sochni qattik, bog'lash,
tortib o'rash, shuningdek sochni qattiq qilib o'rash uni mo'rtlashtiradi va
to'kilishiga sabab bo'ladi.
Soch kepakli bo'lsa, xalq tabobatiga
ko'ra, lavlagi suviga chayilsa, uni yo'qotadi va sochni muloyim qiladi.
Harvaqt soch to'kilishi xilma-xil
sabablarga: ichki sekretsiya bezlari, jigar, me'da-ichak yo'li a'zolari
faoliyatining buzilishi, vitaminlar yetishmasligi yoki soch folikulalari
(xaltachalari)ning tug'ma kamchiligi va shu kabilarga bog'liq. Soch to'kilishi
asosan organizmning, eng avvalo nerv sistemasi umumiy ahvolining buzilishi
tufayli boshlanadi. Seboreya (yog' ajralishining buzilishi) natijasida ham soch
vaqtdan ilgari to'kilishi mumkin.
Vaqtincha yoki doimiy soch to'kilishi
boshning sochli qismi terisiga zamburug'lar yuqqariligi natijasida bo'lishi ham
mumkin, bu holda soch har joydan to'kilib ketadi.
|