Super Portal Payshanba, 21 Noy 2024, 18:21
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Mart » 27 » TILLANING ASLINI QANDAY ANIQLASh MUMKIN?
16:16
TILLANING ASLINI QANDAY ANIQLASh MUMKIN?

Oltin… U haqida aytiladigan gaplar ko`pchilikni birdaniga hushyor torttiradi. Nima uchun? Bu savolga javob topish qiyin emas. Axir kimdir boylik vasvasasida, kimdir aynan u borligi uchun, kimdir yo`qligidan hushyor tortadi. Kimlardir uni deb aldangan. Xo`sh, aldanmaslik uchun uni sotib olishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Shu haqda fikr yuritamiz.

TILLAGA TAMG`A NEGA BOSILADI?
Bilamizki, tilladan yaratilgan har qanday buyumda (agar, u sof bo`lsa), albatta, tillaning qotishmadagi foizini ko`rsatuvchi tamg`a bo`ladi. Respublikamizda ham qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar namuna nazoratidan o`tkaziladi. Ularga tillaning sofligini ko`rsatuvchi raqamlar zarb qilinadi, ya`ni tamg`a bosiladi. Bu borada O`zbekistonda metrik namuna tizimi qabul qilingan. Bu tizim barcha MDҲ davlatlari va Vena konventsiyasi tarkibidagi davlatlar hamda Avstriya va Germaniyada qo`llaniladi.
Metrik tizimdagi birinchi ikkita raqam qotishmaning 1000 qismida qimmatbaho metallning foizini bildiradi. Masalan, 750 probali buyumda 75 foiz sof oltin bo`ladi. Probaning sofligidan kelib chiqib, qolgan qismi qo`shimcha ligaturadan (25 dan 70 foizgacha) iborat bo`ladi.

XORIj TAMG`ASI ҲAQIDA
Tamg`a turli mamlakatlarda turlicha ko`rinishda bo`ladi. Masalan, Belorussiyada zubr tasviri, Rossiyada soyabonli qalpoq kiygan ayol suvrati aks ettiriladi. AQSh, Turkiya va Italiyada ma`lum bir tasvirdagi tamg`a uchramaydi. Shuningdek, har bir fabrika yoki firma o`z belgi namunasiga ega. Bu davlatlarda tillaning sifatiga davlat emas, uni ishlab chiqaruvchi mas`ul.

ENG YuQORI SOFLIGI
Zargarlik buyumlari an`anaviy tarzda 750- va 585- qotishmalardan, kamdan-kam hollarda 500- va 375-probalarda tayyorlanadi. Eng yuqori tilla qotishmasi 958-probali bo`lib, u badiiy hunarmandchilikda ishlatiladi. Undan san`at asari yaratiladi. 900-proba asosan tish protezlarida foydalaniladi. 375 probali past qotishmadan tayyorlangan taqinchoqlar esa zargarlik buyumlari emas, balki bijuteriya mahsulotlari sanaladi.

MA`LUMOT UChUN
MDҲ davlatlarida eng ko`p tarqalgan tilla probalari – 585 va 750.
Bugungi kunda 1 gramm 585 probali tillaning o`rtacha bahosi 70 000 so`m, 750 probali tillaning 1 grammi o`rtacha 90 000 so`m. Lekin oltinning narxi tez o`zgaruvchandir. Odatda u faqat o`sib boradi.

TEKShIRIB KO`RIShINGIZ MUMKIN 
Respublikamizda bitta Davlat asillik darajasini belgilash palatasi mavjud. Tekshirish uchun haftaning qaysi kunida buyum olib kelish jadvali tuzilgan. Tekshirish muddati uch kundan iborat. 
* bitta tilla buyumga tamg`a bosish uchun 500 so`m;
* kumush buyum uchun 150 so`m to`lanishi belgilangan.

ALDANMASLIK UChUN NIMA QILISh KERAK? 
Bu borada sizga zargarlar oddiy usullarni tavsiya etishadi. 
Dilorom jo`raeva, zargar:
– Ҳozirgi kunda tillaning asilligini ko`proq hididan bilish mumkin. Uning hidi boshqa metallardan tubdan farq qiladi. Nega hididan? Chunki hozirda ayrim qallob kishilar tomonidan tayyorlanayotgan taqinchoqlarni ko`rsangiz, tilladan umuman ajratolmaysiz. Ҳatto ba`zida zargarlarning ham bir ko`rishda ajratishi qiyin bo`lib qoldi. Boshqa metallardan esa temir hidi kelib turadi. Tajribadan o`tib kelayotgan va hamma biladigan yana bir usul borki, uni maxsus eritmaga tiqib ko`rsangiz, agar past probali tilla bo`lsa, rangi qorayib ketadi. Bundan tashqari, tillaning sofligini rangidan bilish mumkin.

RANGI ҲAQIDA
Sof tilla juda yumshoq bo`lgani sababli undan yasalgan taqinchoq uzoq vaqt xizmat qilmasligi mumkin. Shuning uchun unga boshqa metallar qo`shiladi. Tilla tarkibidagi ligatura kumushdan, misdan va palladiy yoki nikeldan iborat bo`ladi. Shuning uchun tilla buyumlar turli rangda: sariq, oq, pushti, yashil, qizil va hatto ko`k bo`lishi mumkin. 
Bizning 750 probali tillamiz Evropanikidan farq qiladi. Evropa ligaturasida kumush ko`p, bizda esa mis. Shuning uchun Evropa tillasi sarg`ish tusda, bizniki esa qizil. Ko`plab mamlakatlarda, ya`ni Italiya, Angliya va AQShda tilla buyumlarning probasini aniqlashda karat tizimi qo`llaniladi. Unga ko`ra, toza tillaga 24 karatlik proba to`g`ri keladi.

BILIB QO`JGAN YaXShI 
Karat (qirot) – "tseratoniya” subtropik daraxti urug`ining nomi. U quriganda o`zining ilk og`irligini yo`kotmaydi. Undan qimmatbaho tosh va tillani o`lchashda ishlatishgan. Karatning doimiy og`irlik birligi 1907 yilda o`rnatilgan – 0,2 g. Probalarni karat tizimidan metrik tizimga o`tkazishda bir karat 1/5 grammga teng deb olingan. Karat tizimining quyidagi probalari mavjud: 6 k, 8 k, 10 k, 12 k, 14 k, 18 k, 22 k.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 5070 | Добавил: ASAL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок