Tishni parvarish qilish. Tishlar ovqatni tishlab olish va
maydalash, undan tashqari nutq tovushlarini aniq, talaffuz etish uchun xizmat
qiladi. Ularning
sog'lomligi inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Tishlar to'g'ri,
to'la-to'kis parvarish qilinmasa, ular og'rishi va tushib ketishi mumkin.
Tishlar tushgan yoki og'rigan bo'lsa, ovqat yetarli chaynalmaydi va natijada
oziq moddalarining bir qismi o'zlashtirilmaydi. Bu esa ko'pincha turli me'da va
ichak kasalliklarga olib keladi.
Makiyaj
yuz terisi, soch va ko'z ranglari bilan uyg'urilashib turishi kerak. O'quv
bilan, to'g'ri pardoz qilish uchun asosiy qoida va muolaja tartiblarini bilish
nihoyatda muhim.
1.
Tozalangan yuzga terining xili va ehtiyojini hisobga olgani holda upa tagidan
qo'yiladigan asosiy kremni surtiladi. Krem 10 minut oldin, ya'ni tenga yaxshi
singishi uchun surib qo'yiladi. Teri quruq bo'lsa, ustiga yana takror surish
mumkin.
2.
Yuzga rangli tonal krem surtiladi. Bu krem yuzning tabiiy rangidan, albatta,
ochroq yoki to'qroq bo'lishi kerak.
3.
Yuzga terining rangini hisobga olgan holda rumyana (qizil-pushti rang yog'upa)
surtiladi.
4.
Yuzning hammasiga paxta bilan upa qo'yiladi. Upa rang beruvchi (tonal) kremga
nisbatan ochroq yoki to'qroq tusda bo'lishi kerak.
5.
Qoshlarni avval cho'tkali taroqcha bilan tarab, so'ng qosh qalami"bilan
chizib bo'yaladi.
6.
Yuqon qovoqlar rangli preparatlar (terilar) bilan bo'yaladi.
7.
Ko'z atrofi cho'tka yoki qalam yordamida bo'yaladi.
8.
Kipriklar tush bilan bo'yaladi.
9.
Lab atrofini qalam bilan chizib olib, so'ng astagina lab bo'yog'i surtiladi.
Yuzning
tuzilishiga qarab pardoz quishning quyidagi qoidalari tavsiya etiladi.
Cho'zinchoq yuz klassik tipda bo'lganligi sababli uni tuzatishga hojat yo'q,
shuning uchun ko'zning tashqi burchagini to'qroq qilib bo'yashning o'zi
yetarli. Dumaloq yuz har doim yosh ko'rinadi, unga cho'ziqroq shakl berish
uchun chakka va betlarni ozgina to'qroq qilib bo'yash kerak. To'rtburchak
shakldagi yuzning farq qiluvchi xususiyati shundaki, kishi jiddiy ko'rinishga
ega bo'ladi. Bu holni yumshatish, yuzga yoqimliroq tus berish uchun
chakkalarni, yuzning pastki qismlarini to'qroq va, aksiricha, qovoqlar ochroq
rangga bo'yaladi. Yuzning to'g'ri burchakli tuzilishi, ayriiqsa, ko'pchilikda
uchraydi.
Yuzga
cho'zinchoq (oval) shakl berish uchun qovoq, va yonoqlarga ochroq tusli
bo'yoqlar ishlatish zarur. Yuz uchburchak shaklda bo'lsa, uning keng yuqon
qismi (chakka va yonoqlar) ga to'qroq va, aksiricha, pastki qismiga ochroq tus
beriladi. Shuni yodda tutish kerakki, to'g'ri qilingan pardoz hech qachon tenga
zarar qilmaydi. Shuningdek, pardoz bo'yoqlarini sira ham yuzda qoldirmaslik,
albatta, kechki vaqt tozalab, yuvib yotish kerak.
3.
Kosmetik niqoblar tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Niqoblar o'z
tarkibidagi moddalarning xususiyatlariga qarab davolovchi va kosmetik, ya'ni
terini oziqlaritirish, tozalash va oqartirish uchun qo'llaniladigan niqoblarga
bo'linadi. Niqoblar, odatda, kosmetik kremlar va turli xil oziq-ovqat
mahsulotlaridan tayyorlanishi mumkin.
Davolovchi
niqoblar kosmetologiya muassasalarida kosmetolog shifokorning tavsiyasi va
nazoratida qo'llaniladi. Uy sharoitida esa faqat kosmetik niqoblardan yuz va
bo'yin terisini parvarish qilishda keng foydalaniladi.
Yuzga
niqob qo'yishdan oldin yuzni yaxshilab tozalash kerak. Tozalayotganda ham,
niqob tortayotganda ham teri eng kam cho'ziladigan chiziqlarni yodda tutish
kerak. Tozalangan quruq yoki normal tenga yuz terisining quruq joylariga,
shuningdek bo'yin terisiga bironta yog'li krem surtiladi, ketidan issiq ho'l
kompress qilish (xususan quruq va burishayotgan teri uchun) juda foydali.
Issiq kompressni ko'tara olmaydigan yoki
yuzidagi mayda qon tomirlari juda bilinib turadiganlar kompressiz ham niqob
tortishlari mumkin.
Kompress
qo'ygandan keyin krem tenga obdon shimilib ketsa, yuzning quruq joylariga yana
krem surtish mumkin.
Kosmetik
niqobning xillari juda ko'p. Yuzga niqob tortgach, ko'zni yumib o'tirish yoki
oyoqlarni balandroq qo'yib yotish tavsiya etiladi. Niqob ho'llarigan salfetka
yoki ho'llarigan paxta bilan tozalab olinadi. Haftasiga 2—3 marta niqob tortish
mumkin.
Oqsilli
niqob yog'li teridagi yog' chiqadigan teshiklarni toraytirish va burisha
boshlagan, bo'shashgan yog'li va quruq terining yashash qobiliyati (tonus) ni
oshirish uchun qo'llaniladi. Teri avvalo losbon bilan artib tozalanadi va quruq
tenga (yoki terining quruq joylariga) yog'li krem suriladi.
1.
Tuxum oqsili (ko'pirtirmasdan) faqat ozgina aylantirib, yuzga paxtada uch marta
suriladi, har gal surilgan qatlam qurib terida oqish parda hosil bo'lgach,
navbatdagi qatlam suriladi. Oqsilli niqob faqat 10—15 minutdan keyin sovuq
suvda (paxta bilan) yuvib tashlanadi. Terining quruq joylariga yana yog'li krem
suriladi.
2.
1 ta tuxum oqi olinib, yaxshilab quvlanadi. Ustiga bir necha tomchi limon
sharbatidan tomizib, birga aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan aralashmani yuzga
surtib, to quriguncha ushlab, so'ng yuzni suv bilan yuvib tashlanadi.
Oqsilli-kamforali
niqob yog' bezlarining teshiklari juda bilinib turadigan yog'li teri uchun
mo'ljallangan.
Ko'pirtirilmagan
tuxum oqsilini tenga surish oldidan unga kamforali spirtdan 10 tomchi
qo'shiladi. Bu ham tenga yuqonda aytilgandek suriladi.
Tuxumli
niqob yuzning normal va quruq terisini yumshatish uchun qo'llaniladi. Yuzning
terisi avvalo tozalanadi, so'ngra yog'li krem suriladi, shundan keyin tuxumning
oqsili bilan sarig'ini birga aralashtirib yuzga chapiladi. Niqob yuzda 15—20
minut turishi lozim. Bu ham oqsilli niqob singari yuvib tashlanadi.
Tuxum
sarig'i bilan asaldan iborat niqob normal va quruq (xususan bo'shashgan) terini
yumshatish maqsadida qo'llaniladi. Tuxumning sarig'i ajratib olinib bir osh
qoshiq asal qo'shiladi-da, yaxshilab aralashtiriladi, so'ngra tozalangan va
yog'li krem surilgan tenga oqsilli niqob singari (qatlam-qatlam qilib)
chapiladi. 15—20 minutdari keyin suv bilan yuviladi.
Drojjeli
(xamirturushli) niqob. Yuzining terisi bo'shashgan, normal, yog'li, quruq
bo'lgan kishilarga tavsiya etiladi. Bu niqob terini tozalaydi, to'qimalarning
yashash qobiliyatini oshiradi. Niqob uchun yangi xamirturushdan bir bo'lakcha
(10—15 g) olinadi va normal teri uchun — iliq suvga yoki sutga, yog'li teri
uchun—3 ргоsеntli vodorod peroksidga, quruq teri uchun
esa o'simlik moyiga qaymoq quyuqligida qonladi. Niqob tortish oldidan yuzning
terisi yaxshilab tozalanishi shart. Niqob yuzda 10 minut turishi, keyin iliq
suvda, ketidan esa darhol sovuq suvda yuvilib, ho'lligicha krem surilishi
lozim.
Tvorogli
(suzmali) niqob terisi normal va quruq bo'lgan, yog'li bo'lib bo'shasha
boshlagan, shuningdek dog' tushayotgan kishilarga tavsiya etiladi.
Yuz
terisi yaxshilab tozalangach, qaymoq (quruq va normal teri uchun), sut yoki
qatiq zardobi (yog'li teri uchun) qo'shib tayyorlangan tvorog chapiladi. Niqob
yuzda 15—20 minut turadi, so'ngra yuz iliq suvga va ketidan sovuq suvga
yuviladi.
Tirnoqgul
(kalendula)li niqob. Yog'li tenga qo'yiladi. Paxtadan yupqa qatlam qiliriib,
uni tirnoqgul (yarim stakan suvga 1 osh qoshiq tirnoqgul qo'shib tayyorlangan)
eritmasiga yaxshilab shimdiriladi. So'ng yuzga 20 minut davomida qo'yib
ushlanadi. Agar teri yallig'lanmasa, qo'yilgan niqobni yuvmasa ham bo'ladi.
Bunda yuzni paxta bilan artib, so'ng upa qo'yiladi.
Ho'l
mevali va sabzavotdan bo'lgan niqoblarda vitaminlar ko'pligidan terining
oziqlanishi yaxshilanadi, teri tozalanadi, oqaradi va mayinlashadi.
Yuzning
terisi bo'shashgan, qurishgan, moy bezlarining moy chiqadigan teshiklari
kengaygan, ajin tushgan, sepkil bosgan, dog' tushgan hollarda bunday niqoblar
yaxshi natija beradi. Ular har qanday tenga ham yarayveradi. Bo'yin terisi yuz
terisiga qaraganda tezroq burisha boshlaydi, shunga ko'ra bunday niqoblarni
yuzgagina emas, balki bo'yinga ham qo'yish mumkin. Buning uchun teri yuqonda
aytib o'tilganidek tozalanishi lozim.
Krem
surayotganda va niqob tortayotganda lablarni ham esdan chiqarmaslik, ularni ham
oziqlantirish kerak.
Niqobni
harvaqt, yuzga kompress qo'yishdan oldin tayyorlash lozim. Bu maqsadda
tanlangan ho'l meva, rezavor meva yoki sabzavot (bodririg, karam, pomidor,
limon, apel’sin, qulupnay) yaxshilab yuviladi, dag'al po'stidan tozalanadi,
yumshoq mevalar shisha yoki chinni idishda yog'och yoki kumush qoshiq bilan
eziladi, dag'al meva yoki sabzavot esa qirg'ichda qinladi. Shundan keyin bir
parcha doka yoki bint olib unga ko'z va og'iz-burun o'rinlari qo'yiladi, keyin
tayyorlab qo'yilgan meva yoki sabzavot suvida yoki bo'tqasida ho'llanadi, suvi
oqib turmasligi uchun salgina siqiladida, yuzga va bo'yinga (g'ijimlarni yozib)
qo'yiladi. Niqob yuz va bo'yinda 10—15 minut turishi kerak.
Ba'zan
meva, sabzavot suvi yoki bo'tqasi o'rniga yuzga meva yoki sabzavot (masalan,
apelsin, limon, bodring, pomidor va hokazo) bo'laklarini qoplash mumkin. Bunday
meva yoki sabzavotlardan tayyorlanadigan niqoblar turlicha bo'ladi.
Qaynatilmagan
yangi sutga bir necha bodring bo'laklarini yarim soatcha solib qo'yiladi. So'ng
qirg'ichdan o'tkazib, suvi aralashma bilan yuz terisi artiladi.
Agar
yuz terisi o'ta quruq bo'lsa, yangi karam harglarini sutda quyulguncha
qaynatiladi. So'ng uni yuz va bo'yin terisiga 20 minutcha surtib qo'yiladi.
Agar
yuz terisi yog'li bo'lsa, sabzini qirg'ichdan o'tkazib, hosil bo'lgan massani
yuzga surib qo'yiladi. Karam harglarini go'sht qiymalagichdan o'tkazib, bitta
tuxum oqini qo'shib aralashtiriladi. Uni yuz va bo'yin terisiga yarim soatcha
surib qo'yiladi.
Uch
dona sariq sabzi olib, qirg'ichdan o'tkaziladi, 1 choy qoshiq kraxmal
(pishirilgan kartoshka bo'tqasi ham bo'ladi) va 1 osh qoshiq sutni yaxshilab
aralashtiriladi. Hosil bo'lgan massa yuzga suriladi.
Bu
muolajalarning har biri yuzning mayin va tiniq ko'rinishiga yordam beradi.
Muolajalardan so'ng yuzni iliq suvda yumshoq sovun bilan yuviladi. Shundan
so'ng yuzni pardoz qilish mumkin. Shuningdek, fursat bo'lganida yuzga
oqsilli-mevali yoki oqsilli-sabzavotli niqob tortish ham mumkin. Bu holda meva
yoki sabzavot suvi (bir choy qoshiq) bitta tuxum oqsiliga tomizib qo'shiladi,
ayni vaqtda oqsil salgina ko'pirtiriladi. Bu niqob ham oqsilli niqob singari
to'g'ridan-to'g'ri tenga qo'yiladi. Bu niqoblar oldin iliq, so'ng sovuq suvda
paxta bilan yuvib tashlanadi.
Shundan
keyin tenga ho'lligida bir ozgina yumshatuvchi krem suriladi (krem tenga qarab
tanlanadi). Mevali-sabzavotli niqobni haftasiga 3—4 marta va bundan ham ko'proq
qo'yish mumkin.
|