Masalliqlar(5dona uchun):
-200gr qiyma tovuq go’shti
-1dona piyoz(qirg’ichdan chiqarilgan)
-1dona tuxum sarig’i
-2chimdim tuz
-3-4osh-q o’simlik yog’i
-ziravorlar
-non uvog’i
Tayyorlash:
Tayyor tovuq qiymasi bo’lsa yaxshi, aks holda tovuq go’shtini mixerdan chiqarsa bo’ladi.
Tovuq qiymasi+tuxum+tuz+tuxum sarig’i+1osh-q non uvog’ini aralashtiramiz.
Aralashmadan 4-5ta koptokchalar yasaymiz.
Koptokchalarni non uvog’i ustiga qo’yib, sekin-asta hamma yog’ini nonga botiramiz.
Bitta koptokchani nonga botirib, kaftimiz orasiga olib biroz yoyib, qizib turgan tovaga solamiz va bu ishni har bir koptokcha uchun takrorlaymiz. Kotletni ikkala tomonini ham pastroq olovda qizartirib olamiz.