Turmush o’rtog'ini tanlash ochiq va ongli ravishda, barcha jihatlarni hisobga olgan holda harakatlanish zarur.Unashtirilgandan toygacha bo’lgan muddat davomida tomonlarda bir-birining qiziqishlari, harakteri, odatlari va boshqa xususiyatlarini bilib olish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Turmush qurmoqchi bo’lgan yoshlar bir-birlarining qiziqishlarini bilib olishi,bu borada umumiy jihatlarga ega bolishi zarur. Ular o’sib ulg'aygan oila va muhitda ular bo’lishi zarur. Ular o’sib ulg'aygan oila va muxitda , ular olgan ta’lim- tarbiyada umumiy jihatlarning mavjud bo’lishi ahamiyatlidir.Zero, ahamiyatsiz deb hisoblangan ba’zi farqlar nikohdan so'ng ham yoqolib ketmasligi mumkin.Bu bir-biriga moslasha olmaslikdan kelib chiqadigan oilaviy notinchlikka sabab bo’lib , er-xotin hamda umuman begunoh bo’lgan bolalar hayotiga jiddiy xavf soladi.
Turmush o’rtoq tanlashda e’tiborli bo’lish lozim . Bu ishda hissiy yondashuvdan ko’ra mantiqqa suyanishning ustunligini tushunish, tajtibasizligimizni tan olgan holda oiladagi kattalarning ham fikrini tinglab,ularning tavsiyalaridan foydalanishimiz joiz bo’ladi.