Yonimdan begonaday o'tarsan endi
Salom-la boshingni egarsan endi
Baxtimiz yo'lini xudodan so'rab
Bu yo'lga chiqmayin qaytarsan endi
Mening mehribonim ona deganding
Mehribonim seni qizim degandi
Uyalib, yuzlaring iboga to'lib
Onam deb o'zgani ataysan endi
Bu dunyoda shuncha go'zalni ko'rib
Senday qalbga yaqinini topmadim
Oshig'ingni ovorai-sarson aylab
Xushsur'atsiz nega buncha yig'laysan endi
O'zimni chalg'itib har yonni kezib
Qarshimdan nechun paydo bo'lasan endi
Yetaklagan o'g'lingga ismimni qo'yib
Unutishga imkon bermaysan endi
Mayli sinovlidir balki bu hayot
Seni uchratib men baxtli edim endi
O'sha damlar menga hayolmas hayot
O'ksinmagin jonim yig'lama endi