Yurakda nima dard, aslo
bilmayman,
O'tib borar umr, parvo
qilmayman.
Istayman, lek qalbdan
yonib kulmayman,
Qanday balolarga etding
mubtalo..?
Taqdir savdosiga
og'riydi boshim,
Yuzlarimni yuvar
ko'zdagi yoshim.
Bilmam, qayergacha
yetar bardoshim,
Allohim! sen sabr
bergil avvalo.
Rabbim sen o'zingsan
yolg'iz panohim,
Kechir bilib bilmay
qilgan gunohim.
Eshitgin qalbimdan
yig'lagan ohim,
Qandayin
dard berding menga bedavo..?