Odamning qandayligi, ichki dunyosi, boringki, o'zini qanchalik sevishini ham chehrasiga qarab bilib olish mumkin. Kishining ko'rinishi go'zal, ko'rkam bo'lishida yuz terisining umumiy holati, rangi, tozaligi, silliq va mayinligi katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham parvarishni avvalo yuz terisidan boshlash va unga alohida ahamiyat qaratish, e'tibor berish lozim.
Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan avval, terining qandayligini, qaysi turga mansubligini bilib, aniqlab olish kerak. Terini undagi chiqib turadigan yog' van am miqdoriga qarab shartli ravishda normal (o'rta) teri, yog'li teri, quruq teri va murakkab (комбинированный - aralash) teri kabi turlarga bo'linadi. Xo'sh, ularni qanday parvarish qilish kerak, nimalarga e'tibor qaratish lozim?
Yuz terisini parvarish qilish deganda terini toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli ta'sirlardan himoya qilish tushuniladi. Buning uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va usullarini terining anatomic tuzilishini, teri yo'llarini hisobga olib, ularni to'g'ri qo'llagandagina ijobiy natija beradi.
Bugun zamonaviy kosmetika ishlab chiqaradigan korxonalar yuz parvarishi uchun ko'plab, turli-tuman kosmetika mahsulotlarini tavsiya etmoqdalar. Yuz parvarishi uchun qo'llaniladigan losyon, tonik, molochko, maska, skrab, krem kabi mahsulotlarda qaysi yuz terisi turi uchun mo'ljallanganligi yozilgan bo'ladi.
DAVOM I bor....