Quyoshning chiqishi yangi kundan dalolatdir,lekin hamma ham yangi kun uchun kimdan minnatdor bo’lishini bilmaydi..Ular oramizda mahfiy tarzda yashashmoqda.Ular bizga o’hshashadi..Ammo ular, inson qabohati natijasida paydo bo’lgan qo’nxo’rlardir… Men odatdagi maishatlar bilan sarhush bo’lib o’tirgandim..Ravil ikkalamizni oldimizga notanish bir nusxa kelib qo’shildi..hayron bo’lib qaragan edim,o’zi so’z boshlab qoldi.. -Hayron bo’lma,og’ayni chalish..Biroz sizlar bilan kayf qilgim keldi-da..deb hiringladi.. -Hechqisi yo’q, tunda kayfiyatda javob berdim. Lekin nimagadir Ravilning qandaydir tanishi ekanmi,ular tezda til topishib ketishdi.. O’tgan kulardagi qandadir voqelarni eslab kulishishardi..Meni esa bu holat tushunarsiz tarzda asabimga tegardi.. -Menga qaralaring,buncha hezalakka o’hshab hiringlashasanlar..jaa jonga tegib kettilaring-ku dedim asabiy kayfiyatda.. -Senga nima..!? nimagadir menga gaplaring "nedavolniy” tuyilayapdi..O”zingni bosvomasang tag’in bosib qo’ymay deb hezlandi notanish kimsa.. -Qani biiir,harakat qilib ko’rmaysanmi,unaqada..men o’rnimdan turib uni ustiga bostirib bora boshladim.. Ravil o’rindan tezda turib, bizni o’tamizga tushib ajratib qoldi.. -O’zlaringni boslaring..Nima bu yerga kelib o’zinlaringga "problema”sazdavat qilmoqchi bo’vossanlarmi..?!Undan ko’ra tinchgina bir birovimizni kayfimizni buzmaylik..dedi Ikkimiz ham stulga cho’kdik..Haqiqatdan ham o’zi qilgan ishimizdan havotirda yurgan edik..Shunga o’hshash janjallar ortiqcha edi.. Oraga 3-4 dona "stolichniy” tushgandan so’ng esa muomilamiz binoyidek yahshilardi..Hatto eski qadrdonlardek suhbatlasha boshladik..Yashigina muloyim bo’lvganimizdan keyin esa..Haligi notanish(Uning ismi aytishicha Marat edi) qo’lidagi stokanni stol ustida aylanitirib o’nagancha gap boshladi.. -Og’aynilar,mana shu maishatlar ham jaa odamni hunob qilib yubordi..Birorta yirikroq ishni boshlash payti kelmadimikan..dedi -Xo’sh..sen biror bir narsani umringda qoyillatgan joying bormidi-ki,gaplaringga asos qila olsang..dedi Ravil Men ma’qulladim.. - Unaqada,eshitlaring..to’g’risini aytadigan bo’lsam,o’zimizni koyitib pul toppish bizdaqa "jentelmen”larning qo’lidan kelmaydi..Nafaqat kelmaydi..Umuman mos emas..Shuning uchun menda bir reja bor..Men bir odamni bilaman..Mahallamda yashaydi..Veyy umuman pul deganlari unda achib yotibdi..O’sha odamni uyiga tushamiz..Sizlar bilan anchadan beri tanishmiz..Hammamiz o’z ishimizning ustasimiz..SHuning uchun kottaroq pulni o’marib bu yerdan go’yib bo’lamiz qolamiz..dedi kaftini bir biriga ishqalar ekan.. Men bilan Ravil o’ylanib qoldik..Bizga pul kerak edi..”ayol va bolasi”bilan bog’liq ishdan so’ng bizning ko’zimiz ancha pishib qolgan edi..Shuning uchun ham bunday takliflar bizlarni unchalik ajablantirmas edi..To’g’rida avtobuslarda o’z "kariera”mizni boshlagan yigitlar uchun bunday oddiy ishlar nima bo’libdi..? Rejani obdon pishitdik..Ozroq dadillik uchun haligi matohdan ham chekib olgandan so’ng esa kayfiyatni darjasini yuqori pog’onaga chiqarib,uyga ravona bo’ldik..Yo’l yo’lakay esa har doimgidek 2 zo’r qizlardan olib olishni ham unutmadik… Ertalab kechagi ichkilikni asorati bilan 11 larda uyg’ondim..O’zimni fohishaning quchog’idan bo’shatib..Yuvindim..So’ng kiyimlarimni kiyib chiqsam Ravil meni oshxonada kutib turardi.. -Bugun nimagadir vaqtliroq turibsanmi? Dedim -Iyaa,qanday qilib bemalol uxlaysan-a galvars..?!Bizlarni pullar kutayapdi..Tushunayapsanmi pullar..!! dedi Indamasdan kiyimlarni kiydim..Qizlarni ham 1 soatni ichida o’z manzillariga kuzatib bo’lgach.. Kechagi pishitib qo’ygan rejamiz bo’yicha..Ko’rsatilgan manzilaga yetib keldik..U yerda bizni Marat kutib turardi..Aftidan anchadan beri turgan ko’rinadi..U turgan joyda anchagina sigaret qoldiqlari sochilib yotardi.. -Keldilaringmi..?!Odamni vobshem hunob qivordilaring..dedi asabiylashib.. Birgalikda rejani keyingi bosqichiga o’tib..Hovli atrofini obdon "razvetka”qildik.. Bundan kuzatuvlar shu tahlid ikki hafta davom etdi..Va nihoyat o’rganishlar samara berdi..Bizda uy egasini qachon ishdan kelishidan tortib,Qachon uxlarishagacha bo’lgan ma’lumotlar paydo bo’ldi.. Va nihoyat biz kutgan lahzalar keldi..Biz hovli chetida joylashgan uzum uchun moslashtirilgan ishkomga osilib hovliga tushdik..Tungi 2-3 lar atrofi..Hatto atrofdagi hashoratlargacha uyquga ketgan dam biz uy egasining seyfi joylashgan xonaga kirdik..Xaqiqatdan ham xona shohona jihozlangan..Bu yerda katta pul borligini ich ichimdan sezib turardim.. Seyfni ochish bo’yicha qilgan barcha urinishlarimiz zoya ketdi..Agar uni buzadigan bo’lsak shovqin bo’lib,qo’lga tushishimiz aniq edi..Nima qilishni bilmay tuganimda miyamga ajoyib fikr kelganidan quvonib ketdim.. Ularga fikrimni tushuntirdim..Ular rozi bo’ldi.. Birgalikda xonadadon egasi uxlayotgan honaga kirdim..U uxlab yotar edi..Menimcha oila a’zolaridan ayro xolatda yotishiga biror sabab border deb o’yladim..Va oxista unga tegishli bo’lgan jovondagi kiyim kechaklaridan tortib stol utidagi oddiy narsalargacha titkilashga tushdik. Vaholanki u yerdan topa olmadik..Shunda mening ko’zim uy egasi yotgan yostiq tegidan chiqib turgan kalitning uchiga ko’zim tushdi..Una sekinlik bilan olishga harakat qila boshladim shu vaqt birdan uy egasini uyg’onib qo’limdan mahkam ushladi.. Men uning yuziga musht tushurdim..Uy egasi barqishga urunmoqchi edi,Marat uning og’zini to’sib bunga yo’l qo’ymadi..Men esa kuchim boricha uni bug’a boshladim..O’zimga kelib qo’limni bo’shatganimda esa u jon taslim qilgan edi.. -Axmoq,nima qilib qo’yding..!? Marat menga qarab vishilladi.. -Hammasiga o’zi aybdor..Tinchgina uhlayvermaydimi,yaramas..dedim kesatib.. -Nima bo’lsa bo’ldi,kalitni ollaring bu yerdan juftakni rostlashimiz kerak tezroq..dedi Ravil.. Yerda yotgan latta puttalar bilan qo’limiz tekkan joylarni artib,seyf turgan xonaga o’tdik.. Seyfni ochib ko’rdik..Seyf ichida dollarlar taxlanib yotardi..Ko’zimiz qinidan chiqib ketay dedi,chunki hali bunchalik darajada ko’p miqdorda pulni ko’rmagan edik.. Shoshib pullarni o’zimiz bilan olib kelgan ryukzaklarga taxlay boshladik..Shu vaqt Ravilning extiyotsizligi oqibatida qo’li eshikka tegib ketdi..Eshik taqirladi..Biz hammamiz cho’chib tushdik..Shu vaqt narigi honadan krovatning g’ichirlagani va oyoq tovushlari xona tomonga yaqinlasha boshladi.. -Dadajon..Yarim kechasi nima qilayapsiz..?qiz bolaning ovozi koridordan kelardi.. Uchalamiz ham o’zimizni jovon panasiga oldik..Qizcha esa hech narsadan bexabar xonaga kirdi.. -Dadajon,shu yerdamisiz..?! Qizchaning qo’llari elekrt yoqgichi tomonga cho’zildi… Ortiq chidab turolmasdim..Agar u svetni yoqadigan bo’lsa,uchalamiz ham tamom bo’lishimizni aniq bilar edim.. Javon ortidan chiqib qizchaga tashlandim..Yagona yo’l uni o’ldirish edi..Qizcha men bilan birgalikda polga quladi..Qizchaning yuziga zarb bilan urdim..Qizcha hushidan ketdi..Qizcha ni polga bosganimdan meni yuzimdagi niqobni qizcha yechib yuborgandi..U menga qarab tikilganini sezdim..U meni yuzimni eslashi mumkun edi..Stol ustida turgan qaychini olib qizchaning ko’zlariga tiqdim..U biroz ingrab,so’ng jon berdi.. -Tepada nima shovqin,yarim kechasi ham uxlamayapsizmi dadasi..?!Pastdan ayol kishinig biz tomonga kelayotgan shovqini eshitildi.. Uchalamiz ham bir birimizga qarab bosh irg’adik.. Birozdan so’ng esa..Ayolning murdasini qizcha yotgan honaga sudrab olib kirdik.. -Yana uchta odamni o’ldirdik,endi topib olishsa aniq otishadi..dedi Hansirab Ravil.. -Chakagingni o’chir..Tez tez qimirla..Pullarni olib bu yerdan quyon bo’lish kerak dedim.. Uchalamiz seyfdagi bor pullarni yig’ishtirib..Oraqadagi yo’lak orqali juftakni rostladik.. Bizning bu mehmondorchiligimiz, bu oilaga qimmat tushgan edi… Kochaga chiqib olgach esa 2 ko’cha nariga qo’ygan mashinaga yetib bordik..Mashinaga joylashib bo’lgach,esa biz uyimizga ravona bo’ldik.. ‘U meni tanib qolgani chatoq bo’ldi-da,essiz yosh qiz edi..Nima bo’lganda ham uni o’ldirmoqchi emasdim”deb o’zimga o’zim tasalli bergancha qanday qilib uyga yetib kelganimni sezmay qoldim.. Pullarni obdon taqsimlagach,marixunnadan obdon chekib olib kelajak rejalarini tuza boshladik.. Axir har birimizda naqd 48000$ bor edi-da… -Seni bilmadim-u,lekin men bu shahardan butunlay ketaman..Uzoqqa..dedi Mamnun kayfiyatda Ravil.. -Men esa aytmayman nima qilishimni,har holda rejalarim bisyor dedim,miyg’imda kulib.. Shirin suhbatimiz tongga yaqin yakunlandi.. Erta tongda esa uchalamiz uch tarafga tarqaldik.. Men ularning qorasi ko’zdan g’oyib bo’lgach,avtobus bekatiga borib..Avtobus kuta boshladim.. Avtobus jo’nashiga 2 soatlar vaqt borligini aytishgach esa… Issiq ta’sir qildimi,yoki kechasi juda charchaganimdan-mi? ko’zim ilinibdi.. Avtobusning signal chalishidan uyg’onib ketdim.. Menga tegishli o’rindiqqa o’tirib..Ko’zlarimni yumdim.. Yo’l olis edi..Ancha vaqtdan beri uhlayotganim uchun yonimga kelib o’tirgan odamning sharpasini sezmabman.. Qaradim… Yo alhazar..Yonimda behad hushruh qiz o’tirardi..Ahyon ahyonda yuziga soya solayotgan zulflari shu qadar uni latif ko’rsatar edi-ki.! Hiyol qayrilgan qoshlar..! Qarilgani yoyni eslatuvchi kipriklar..Quyosh nurlarida go’zal jilva sochayotgan kokillar..Har qaday odamni jonini olga-da qodir bo’lgan,jodu kabi ko’zlar..! Yuragim orziqib ketdi.. Yutinib so’z boshladim..U bilan suhbatlashish uchun tayinli bir gap topa olmaganim uchun so’radim.. -Kechirasiz,bu avtobus qayerga ketayapdi..? -Iya,qayerga ketayotganini bilmaysizmi.?dedi qoshlarini chimirib.. -Yoq..yo’q siz meni notug’ri tushundingiz..Men qayerga yetdik demoqchiydim dedim qovun tushurganimni bildirmaslikka harakat qilib.. U bextiyor jilmaydi..Uning jilmayishi har qanday dardga malham bo’ladigan mehrigiyohga o’hshardi. Biz tezda til topishib ketdik..Bu borada ko’chadan orttirgan tajribam ancha qo’l keldi..Chunki ko’chada sanqib yurish barobarida ancha muncha bilan suhbatlashib so’z boyligim yetarlicha ortgan..Psixologiaga qanday ta’sir qilishni yahshi bilar edim.. Uning ismi Nilufar ekan..Qanday ajoyib Nilufar..Bu ismni o’sha damda hayqirib aytgim kelib ketdi.. Ikkalamiz yahshigina tanish bo’lib oldik.. Suhbat qizigandan qizib,Manzilga qanday yetib kelganimizni bilmay qoldim..U qizdan telefon raqamlari olgach esa..Uni kuzatgancha bekatda qo’l siltab qoldim.. Bekatdagi oshxonaga kirib obdon ovqatlandim..Bu yerlarga kelishimdan maqsad nima ekanligini umuman bilmasdim..Biror ish qilay desam..Bu yerning sharoitini bilmayman..Buning ustiga esa haligi voqealarni unuta olarmikanman..!?Jinoyatlarim jazosi qachondir kelishi haqidagi o’ylar butkul meni aqldan ozdiradigan darajada azoblardi..Garchi diydam allaqachon onam bilan yashagan damlarim qotib ketgan bo’lsa ham, norasidal umriga zomin bo’lganimni kechirib bo’lmaydigan jinoyat ekanligiga aqlim yetar edi..Ammo nailoj ularni o’limi orqasidan topgan pularim jonimga oro kiradi deb o’ylardim..Endilikda bunday ishlarni qilmasam hammasi joyida bo’ladi deb o’zimga o’zim taskin berar edim.. Ammo Nilufar haqida o’ylasam,barchasini unutib yashagim kelayotgan edi… O’sha damdagi holatnimni eslasam..yuragim orziqib ketadi..Menday yuragi alamzadalik hissi bo’lan to’lgan yigit uchun..Bunday uchrashuv chinakam yaratganning hadyasi bo’lgan bo’lsa Ne ajab…!? Davomi bor...