Super Portal Payshanba, 21 Noy 2024, 22:58
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Yanvar » 29 » Go'zal bo'lish sirlari
21:03
Go'zal bo'lish sirlari
Go'zal bo'lish sirlari

Teri turlari va ulalarni parvarish qilish. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, terining qandayligini bilib olish zarur. Terini undan chiqib turadigan yog' va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog'li teri, quruq teri va aralash teri murakkab teri va bo'shashgan teri turlariga bo'linadi.

        Kosmetik vositalar va usullar terining anatomik tuzilishini jumladan, teri yo'llarini hisobga olib, to'g'ri qo'llangandagina yaxshi natija beradi.

        Terini turini bilmay turib turli xil bo'yoqlar surtish yaramaydi. Chunki turli kosmetik bo'yoqlar tenga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

        Qizlarda ko'p uchraydigan husunbuzarlar vaqtida davolansa, yuz terisi o'zgarmaydi.

        Kosmetik bo'yoqlarni ham har joyda har xil qo'llash mumkin. Masalan, kundalik ishga oz miqdorda bo'yoq sur­tish, bayram va kechalarga esa ko'proq pardoz qilish tavsiya etiladi.

        Soch inson husni, shu bilan birga inson salomatligining asosiy belgilaridan biri. Shuning uchun sochga alohida ahamiyat berish va uni parvarish qilish lozim. Sochning o'sishi kishi yoshiga ham bog'liq bo'ladi. Sochga turli xil bo'yoqlar surish oqibatida soch nursizlanadi, 30 yoshdan keyin oqaradi, buning oqibatida tez to'kiladi.

        Teri chiziqlari. Terining eng kam cho'ziladigan yo'nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo'nalishlari quyidagi tartibda bo'ladi: iсhakda-teri chiziqlari ichakning o'rtasidan boshlab pastki jag' bo'ylab quloqning tugmachasiga tomon yo'naladi; lunjida-og'iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o'rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon; ko'z atrofida-ko'zning ichki burchagidan ustki qovoq, bo'ylab ko'zning tashqi burchagiga tomon, so'ngra (teskari yo'nalishda) ko'zning tashqi burchagidan pastki qovoq, bo'ylab ko'zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o'rtasidan chakkalarga tomon, ya'ni qosh yo'nalishida ketgan bo'ladi. Burunda teri chiziqlari burun kansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.

        Yuzni tozalash. Yuzni bir oyda bir-ikki marta suv bug'ida bug'lash yaxshi тatija beradi. Shu maqsadda kastryulkaga to'latib qaynoq suv quyiladi, uning ustiga boshni egib, choyshab o'rab o'tiriladi, 5 minut tutib turilgach yuz paxta bilan artiladi.

        Sog'lom va quruq terilar uchun niqoblar: - 1 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq paxta moyi 1 ta tuxum sarig'i qo'shib qonshtiriladi.

        — 1ta tuxum sarig'i, l osh qoshiq paxta moyi, yarim choy qoshiq limon shirasi, yarim osh qoshiq suv;

        —1ta tuxumning oqi va sarig'i yaxshilab aralashtiriladi.

        -1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq glitserin, 2 choy qoshiq suv, 1 choy qoshiq bug'doy uni qonshtiriladi. Yuzga surtgach 10 minutdan so'ng yuvib tashlanadi. Terini oqartirish va sepkil dog'larini ketkazish maqsadida:

        — 2 osh qoshiq asal va 1 ta limon shirasi aralashtirilib har 5-7 minutda 3 marta surtiladi.

        — 1 osh qoshiq suzmaga 2 osh qoshiq qaymoq qo'shib

        — 1 osh qoshiq suzma va 15 gramm xamirturush yuzga surtgach 10-15 minutdan keyin yuviladi.

        Yiringli oddiy husnbuzarni yo'qotish uchun: yuz kvars lampasi bilan nurlantirilib 1-10% sintomitsin emulsiyasi surtiladi. Ichishga bir hafta tetratsiklin buyuriladi. Vitamin A 15 tomchidan 3-4 hafta buyuriladi.

        Bundan tashqari bedani damlab, issiqligida yuzni yuvish, orqasidan sovuq suv bilan chayish kerak.

        Yuzdagi dog'lar va ularning paydo bo'lish sabablari:

        — ayollarning homiladorlik davrida jigar — taloq kasalliklarida.

        — kamqonlikda, ichki sekretsiya bezlari ishining buzilishi.

— vitamin S yetishmasligi kabilar. Dog'larni ketkazishda avvalo mana shu kasalliklarni davolash lozim.

        Yuzni parvarishlashda esa quyidagi usullar taklif etiladi:

        — 1 ta tuxum oqi va ozroq borat kislota yaxshilab aralashtirib 1 choy qoshiq qaymoq qo'shiladi: uni yuzaga pastdan yuqonga qarab surtadi. 1 soatdan keyin yuvib tashlanadi.

        — 2 choy qoshiq un, 1 choy qoshiq sirka, 1 choy qo­shiq asal aralashtirib yuzga surtiladi va 30 minutdan keyin yuz yuviladi.

        Bodringni ikkiga bo'lib yuzga ishqash, suvi qotgandan keyin yuzni yuvish mumkin. Bu usullarni muntazam 2-3 oy qo'llab turilsa, dog' yo'qolib ketadi.

        Agar yuzdagi dog'lar juda bilinib tursa, — 100 gramm 3% vodorod peroksidi va 4-5 gr nashatir spirti aralashtirilib 4 qavat taxlangan dokaga shimdirib 10-15 minut yuzga bosib turiladi. Keyin 2% o'ldirilgan simob malhami bilan yuzni massaj qilinadi.

        Yuzni dog'lardan tozalab bo'lgandan keyin paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun ba'zi choralarni qo'llash kerak bo'ladi. Ko'pchilik ayollar yuzlariga qatiq surtib, qotgandan so'ng yuvib tashlaydilar bu yaxshi odat.

        Petrushka yoki kashnich ildizini maydalab qirqiladi, iliq suvga solib, bir sutka qo'yiladi, ertasiga shu suv bilan yuviladi. 2-3 oy davomida qilinadi.

        Yuzga krem surish usulini bilish muhim ahamiyatga ega. Terini cho'zib yubormaslik uchun kremni yuzga bosib-bosib va teri chiziqlari yo'nalishida sekin-sekin urib chapimoq kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft orasida ishqalab harmoqlarning ichki yuziga surish, so'ngra peshonaga, lunj terisiga, burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning va harmoqlarning tegib o'tishi to'g'ri hisoblanadi, o'zingizga ham yoqimli bo'ladi. Bu vaqtda panjalar juda bo'sh tushishi kerak. Ko'z atrofidagi tenga kremni bosib-bosibgina surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga sekin-sekin urib o'rta chiziqdan quloqlarga tomon chapib borish tavsiya etiladi.

        Normal teri yetarlicha nam va yog' ajratib turadi, toza, silliq, tiniq, bo'ladi, moylangandek yaltirab turmaydi. Bunday terida yog' bezlarining yo'llari (mayda teshiklar) bilinmaydi, qora nuqtalar va ajinlar deyarli bo'lmaydi.

        Normal terini parvarish qilish. Normal teri quruq va yog'li terilarga o'xshab alohida parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin, albatta, yuzni pardoz-andoz bo'yoqlaridan tozalash, quyosh nurining o'tkir va uzoq vaqt ta'sir qilishidan saqlanish, shuningdek tarkibida yuqon darajadagi spirtli bo'lgan suvlardan foydalanganda ehtiyot bo'lish kerak. Haftada bir marta tuxum sarig'i bilan o'simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarig’i aralashmasidan tayyorlangan niqobni yuzga surtish normal terini parvarish qilish uchun yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi ta'sirlarga chidamliligini oshiradi.

        Normal terini tozalash maqsadida yuzni haftasiga 1-2 marta sovunlab yuvish mumkin. "Qattiq" suvni ichimlik soda yoki tanakor (bura) qo'shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan suvga yuvgan ma'qul. Suvni "yumshatish" ning iloji bo'lmasa, yuzni yuvib bo'lgach unga namligidayoq yupqa mayin sochiq bosib namini quritish tavsiya etiladi, so'ngra salgina upa qo'yiladi. Krem bilan upa birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini tashqi ta'sirlardan saqlaydi.

        Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish qilishning gigienik ahamiyati bor. Kechqurun uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan losonlar yoki suyuq kremlar va o'zingiz tayyorlashingiz mumkin bo'lgan eritmalarning biridan foydalanib artish lozim. Bunday eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin: 1. Ukrop suvi-30g, glitserin-5g, borat kislotaning suvdagi 2%li eritmasi - 35g. 2. Odekolon yoki spirt-30g, gletserin-5g, osh sirkasi - 10 1g, suv- 35g. 3. Tanakor (bura)-1,5p, glitserin-5,5g, odekolon yoki spirt-30g. suv- 63g. 4. Achchiqtosh-2g, glitserin- 5g, suv-100g.

        Yuzni yuvish o'rniga bodring damlamasi yoki limon suviga paxta ho'llab artish ham mumkin. Bodririg damlamasini tayyorlash uchun harra bodring olinib, kofgichdan o'tkaziladi. So'ng qinlgan bodring ustiga haravar miqdorda spirt yoki odekolon qo'yilib, ikki hafta saqlanadi. Shundan so'ng uni ezib suzgichdari o'tkaziladi. Damlama ishlatish oldidari haravar miqdorda suv qo'shib suyultiriladi, so'ngra 100g damlamaga 5g glitseriri qo'shiladi. Limon suvini tayyorlash ham oson: yarimta limonning suvi siqib oliriib suziladida, bir choyqoshiq glitserin va 50gr suv qo'shiladi.

        Yog'li teri moylangandek yaltirab turadi (yog' ko'p ajralib chiqadi), dag'al bo'ladi, ba'zan kir ko'rinadi. Yog' bezlari yo'llarining kengashidan yog' chiqadigari teshiklar juda bilinib turadi, ularni ko'pincha qora nuqtalar berkitib qo'yadi. Yog'li tenga ba'zan yallig'larigan yirik husnbuzarlar toshadi.

        Yog'li terini parvarish qilish. Yog'li teri ham alohida parvarishni talab qiladi. Terining yog' bosishi yog' bezlarining zo'r berib ishlashi natijasidir.

        Uning yog'li bo'lishiga nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, meda ichaklarning surunkali kasalligi, modda almashinuvining buzilishi ham sababchidir. Shuning uchun bunday kishilar me'da ichak trakti (hazm qilish a'zolari)ning faoliyatiga befarq qaramasliklari, sog'lom va oqilona tarzda turmush kechirishlari, ochiq havoda imkoni boricha ko'proq, bo'lishlari kerak. Yog'li terini yaxshilab tozalash, lekin yuzni issiq, suvga kamroq yuvish lozim, chunki issiq suv yog' bezlarining faoliyatini kuchaytiradi.

        Yuzni issiq suvga haftada bir marta yuvish, so’ng ketidari 2—3 marta sovuq suv bilan chayish lozim. Qolgan kunlari yuzni ertalab sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi; sovuq, suv teri to'qimalarining yashash qobiliyatini oshiradi, terini chiniqtiradi, yog' chiqadigan teshiklarni oraytirib, yog' chiqishini kamaytiradi, Kechqurun yog'li terini maxsus losonlar bilan paxtada artib tozalash tavsiya etiladi.

        Yuz terisi yog'li bo'lishi bilan birga po'st ham tashlasa, sovuq, suvga yuvishdan oldin bunday terini o'simlik moyi, qatiq (kefir) yoki maxsus suyuq krem bilan artish kerak.

        Yuz terisini juda mayda qilib to'yilgari osh tuzi bilan tozalasa ham bo'ladi; buning uchun ho'l paxtani sovunlash va ustiga tuz sepish, keyin yuz terisining yog'li joylarini shu paxta bilan (ortiqcha bosmay, doiraviy harakat qildirib, teri chiziqlari yo'nalishida) sovunlash kerak, sovunli sho'r ko'pikni o'zi quriguncha yuzda qoldirish, so'ngra sovuq suv bilan yuvib tashlash lozim. Sovunlab yuvgach yuz terisi qurishadigan kishilar yuziga namligidayoq yupqa qilib maxsus krem surishlari zarur. Terining quruq joylariga esa quruq teri uchun chiqarilgari kremdari surish kerak.

        Yog' bezlarining yog' chiqadigan teshiklari juda biliriib turadigan, yog'li kishilarga oqsildan, mevalardan, sabzavotlardan va xususan badyagadari niqob tortish foydali. Yuz terisi yog'li bo'lgan kishilarga ichini yurishtirib turish, ko'proq ho'l meva, sabzavotlar yeyish, sut-qatiq ichish, o'tkir ziravorli taomlardan voz kechish, ovqatga qo'y va mol yog'i o'rniga ko'proq o'simlik yog'i ishlatish, shirinliklar (xususan shokolad, asal va shirin nonlar)ni kamroq iste'mol qilish, shu bilan bir vaqtda. dorixonalarda sotiladigan polivitaminlardan (VI, V2, S, RR, R) yeb turish, badantarbiya bilan shug'ullanish tavsiya etadi.

        Quruq teri yoshlarda ham, o'rtacha yoshdagi va yoshi ulg'aygan kishilarda ham uchraydi. Yoshlarda va o'rtacha yoshdagi kishilarda yuz terisining quruq bo'lishi tabiiy holdir. Bunday teri nozik, yupqa, tiniq bo'ladi, yog' chiqib turadigan teshiklar bilinmaydi, lekin picha sezilarli ajinlar (yoshlarda ham) bo'lishi mumkin. Maxsus parvarish qilinmasa bunday teri ba'zan po'st tashlaydi, unga issiq va sovuq, sovun, turli moy (maz) lar hamda boshqa bir yumshatuvchi kremlar darhol ta'sir qiladi. Yosh ulg'aygach, teridagi yog' va nam miqdori kamayishi natijasida normal, hatto yog'li teri ham quruq bo'lib qoladi.

        Quruq terini parvarish qilish. Yog' bezlaridan yog' doimo bir xilda chiqib turmaydi; bu kishining yoshiga, turmushi va mehnat sharoitiga, eydigan ovqatiga, vitaminlar karaligiga, nerv sistemasining, ichki sekretsiya bezlarining, me'da-ichak sistemasining faoliyatiga bog'liq. Yog' yetarlicha chiqmasa teri qurib qoladi. Shamol ta'siridan, haroratning keskin o'zgarishidan ham teri quruqlashadi. Yuzning quruq terisini parvarish qilishda uning quruqljgi nimadanligini hisobga olish lozim.Yuzining terisi bolaligidanoq quruq bo’lgan kishilar krem surib yuzining terisini yog’ bilan qo’shimcha ta’minlamoqlari lozim. Organizm qariyotganligi sababli qurishayotgan terini qo’shimcha ravishda yog’ bilangina emas, balki nam bilan ham ta’minlab turishi kerak. Shu sababli quruq terini tozalashning muhim ahamiyati bor. Quruq terili kishilar ertalab yuzini sovuq suvga sovunsiz yuvishdan 3-5 minut oldin qatiq o’simlik moyi surtib krem surib yuz terisini yumshatishlari yuvinganlaridan keyin esa ham tenga yog’li kremlardan birontasini surishlari lozim. Kremdan keyin yuzga quruq teri uchun chiqarilgan upa salgina qo’yilgani ma’qul. Kechqurun quruq terini pardoz-andoz suvi bilan yoki suyuq kremlar yoxud o’simlik moyi bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Yozda yuzini bodring losoni bilan artish kerak.

        Ba’zi birovlar kechasi yuzga krem surish zararli, uni harvaqt burishtirib qo’yadi deyishadi. Krem mo’l qilib surilsa va ertalabgacha terida qolib ketsagina shunday zarar yetkazishi mumkin.

        Murakkab ( aralash) teri. Bunday terili kishilar ko’p uchraydi. Yuzning turli qismlarida terining qanday xilda ekanligini aniqlash va qaysi joyda quruq va yog’ligiga qarab, unga mos vositalardan foydalanishga alohida ahmiyat berishi kerak. Masalan, kishilarning burni, peshonasi va iyagi yog’ning ko’p ajralib chiqishi sababli ko’pincha yaltirab turadi, aksincha ularning tevarak atrofi, jag’ va linj terilari quruq bo’ladi, ba’zan po’st tashlaydi, burishadi. Shuning uchun bunday terini parvarish qilishda quruq qismini quruq teri yog’li qismini yog’li teri kabi parvarish qilinadi.

        Bo’shashgan (salqigan) teri. Bunday teri rangsiz, yog’siz bo’lib, bo’shashib, burishib va osilib turadi.Bunday  bo’shashgan tenga qo’yidagicha davo qilinadi: tirnoq gulni qaynatilgan suv bilan harohar miqdorda qo’shiladi. Ertalab yuzni yuvish o’rniga  shu damlamaga shimdirilgan paxta bilan artiladi. Agar tirnoqgul topilmasa, bir stakan suvga bir choyqoshiq mayda tuz solib eritish va tayyorlangan namakobni paxta yoki sochiq uchiga shimdirab yuz va bo’yinga surish kerak. Keyin yuzni bir oz shapatilash lozim Agar teri yupqa, ya’ni nozik bo’lsa tuz o’rnida yarim choyqoshiq taninni bir stakan suvga qo’shib yuzga surtiladi, yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurun sovuq suv bilan yuviladi. .  yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurari sovuq suv bilan yuviladi. Shuningdek, ertalab yuzni qo'yidagi suyuqliklar bilan artish ham mumkin:

       1.Tanakor eritmasi-10g, suv –70g, odekolon-30g.

        2.Tirnoqgul (kalendula)-bir osh qoshiq, suv –80g, odekolon-20g.

Shu suyuqliklar bilan artib tozalagach, yuzga yumshatuvchi krem yoki qo'yidagi moy (maz)lardan biri singdiriladi:

        1. Salitsil kislotasi — 3,3g, cho'chqa yog'i — 45g, vazelin — 30g, kamfora yog'i —3g. uyquga yotishdan oldin oqartiruvchi kremlardan surish, ertalab sovunlab yuvgach turli yumshatuvchi kremlar surish mumkin.

        2. Husnbuzarlar va ulardan qutulish. Husnbuzar — tugunchalar ko'rinishida toshmalar toshib, keyin ularda mayda-mayda moddalar hosil bo'lishidan iborat teri kasalligi. Aksariyat balog'at yoshiga yetayotgan yigit-qizlarda chiqadi. Kishi 25—30 yoshga borganda ular kamayadi. Ayrim husnbuzarlarning o'rnida qolgan iz ketmasligi mumkin.

        Husnbuzar asosan ichki jinsiy bezlar faoliyati, me'da-ichak kasalliklarida (surunkali kolit), modda almashinuvining buzilishida, vitaminlar yetishmasligida, shirinlik, achchiq, yog'li ovqatlarni ko'plab iste'mol qiluvchi yoshlarda, shuningdek terisi yog'li yigit-qizlarda kuzatiladi. Husnbuzar asosan yuz, yelka ko'krakda bo'ladi. Chunki shu joylarda yog' ishlab chiqaradigan bezlar ko'p joylashadi. Yuqondagi sabablarga ko'ra bu bezlar faoliyati zo'rayadi va teri yog'lanib, teshiklari berkiladi. Teri ustida husnbuzarga xos tugunchalarning paydo bo'lishi ana shunday tarzda kechadi.

        Husnbuzarlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: qora nuqtalar, oq nuqtalar shaklidagi husnbuzarlar, mayda husnbuzarlar va yallig'lagan, yiring boylagan yirik husnbuzarlar. Afsuski, ba'zilar husnbuzarlari siqishga odatlangan bo'ladi. Albatta bu noto'g'ri. Chunki siqqanda husnbuzar yana ham kattalashadi, yallig'lanadi, hatto yiring boylaydi.

        Yuqonda sanab o'tilgan, ko'proq uchraydigan husn­buzarlar ustida to'xtaylik.

        Qora nuqta shaklidagi husnbuzarlar burunga, peshonaga va iyakka chiqadi. Ular har qanday yoshda, qumq va yog'li terida uchraydi. Ko'p hollarda shunday husnbuzarni kishining burun qanotlarida ko'rish mumkin.

        Yog' bezlarining yog' chiqadigan teshiklari kengayib, ularga chang, kir, turli moddalar tushganida, ba'zan simob yoki vismut ko'p qo'shilgan krem yuzga surtilganda, shuningdek soch bo'yaydigan ba'zi donlar ishlatilganida yuzga qora nuqtalar tushadi.

        Bunday husnbuzarlar paydo bo'lmasligi uchun yuzga yumshatuvchi kremlar surish, terini chang, kirdan saqlash, vismutli, simobli kremlarni kamroq ishlatish kerak. Paydo bo'lgan qora nuqtalarni ketkazish uchun terini vodorod peroksidi, sirka yoki limon suvi bilan artish lozim, bular qora nuqtalarni eritadi, rangsizlaritiradi. Bug' vannalari (yuzni bug'ga tutish) ham yaxshi natija beradi.

        Yog'li teridagi qora nuqtalar quyidagicha ketkaziladi:

tuz qo'shilgan sovun ko'pigi yuzga mo'l qilib suriladida, 2—3 minut qoldiriladi, keyin iliq suv, ketidan sovuq suv bilan yuviladi.

        Quruq teridagi qora nuqtalarni yo'qotish uchun tenga yog'li krem, biror o'simlik moyi surish yoki moyli niqob tortish keyin qora nuqta bor joyni mayda tuz bilan salgina ishqalash, so'ngra yuzni suvga yuvish kerak. Yuzning terisi-oyiga 2—3 marta tozalanishi lozim.

        Oq husnbuzarlar. Yuzni silab ko'rganda oq husnbu­zarlar qo'lga zich unnaydi. Ular mayda oq nuqtalar shaklida yoki tariq doni yirikligida, yakka-yakka yohud to'p-to'p joylashgan bo'ladi. Ko'p miqdordagi mayda: oq husnbuzarlardan qutulish uchun terini po'st tashlattirish kerak.

        Mayda husnbuzar. Bu husnbuzarlar yog' bezlarining yo'llarini berkitib qo'ygan shoxsimon modda va teri yog'idan iborat sedanaday tikonlardir. Bunday husnbuzar peshona, lunj, burun iyak, ko'krak va orqaga ko'proq tushadi.

        Yog'li terida husnbuzar ko'proq bo'ladi. Husnbuzar toshishiga tuxumdonlar va qalqonsimon bezlar faoliyatining buzilishi, shuningdek hamma vaqt ich qotishi sabab bo'ladi.

        Husnbuzar birinchi marta balog'atga yetish davrida paydo bo'ladi.

Husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya'ni yog' bezlari yo'llarini berkitib turgan tikonlarni yo'q qilish va ularning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Borat kislota, timol va karbol qo'shilgan sovunlar yaxshi yordam beradi. Yuzga surilgan sovunini gubka bilan ishqalab ko'pirtirish, ko'pik yuzda bir-ikki minut turgach issiq, ketidan sovuq suv bilan yuvish kerak. Husnbuzar ko'p toshgan bo'lsa sovun surishni takrorlash lozim.

Kosmetika kabinetiga murojaat qilishning iloji bo'lmaganida dakkam-dukkam husnbuzarni har kim o'zi ham yo'qotishi mumkin. Buning uchun yuzni va qo'llarni yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin yuzni bug'li vannaga tutib, to teridagi husnbuzarlar yumshaguncha sochiq bilan yopib, ushlab turiladi. Shundan so'ng harmoqlar uchiga toza bint o'raladida, husnbuzarni harmoqlar uchi bilan avaylab sitib chiqariladi.

        Uyquga yotishdan oldin yuz terisini qo'yidagi eritmalardan biri bilan artib tozalanadi: 1) 50 g odekolori yoki spirtga 48 g borat kislota

(5 prosentli) eritmasi, 2 g glitserin qo'shiladi; 2) 40 g suvga 30 g odekolon, 2 osh qoshiq tirnoqgul, 1 g glitserin qo'shiladi.

        Husnbuzar paydo bo'lmasin desangiz ovqatni shoshmasdan, yaxshi chaynab, o'z vaqtida (kuniga kamida 4 marta) yeyishga odatlanish kerak. Uyquga yotish oldidan to'yib ovqat yeyish juda zararli. Husnbuzar ko'p toshadigan kishilarga spirtli ichimlik, yangi pishgan non, badhazm ov­qat, tuxum, yog'li go'shtlar, qazi va xamir ovqatlardan voz kechib, yog'siz go'sht, qatiq, suzma, tvorog, sabzavot, A vitamini, V guruhiga kiradigan vitaminlar, sabzi, drojje va qora non yeyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, badan tarbiya va sport bilan shug'ullanish, toza havo, oftob va suvdan to'g'ri foydalana bilish ham yaxshi natija beradi. Yirik husnbuzar ko'proq, uchraydi. Balog'atga yetish davri­da, me'da-ichak kasalliklariga mubtalo bo'lgan, ichki sekretsiya bezlari noto'g'ri, modda almashinuvi buzilgan, umumiy kamqonlikka yo'liqqan kishilarda, shuningdek zaharli moylar bilan ishlaydigan kishilarda yirik husnbuzarlar paydo bo'ladi.

        Yallig'larigan yirik husnbuzarlarning yuza va chuqur xillari bor. Yuza husnbuzar yog' bezining yo'llaridagina bo'­ladi, chuqur husnbuzar esa yog' bezini butunlay zararlaydi. Yallig'lagan, yiring boylagan husnbuzar yorilgach, o'rni yamoq, bo'lib qoladi.

        Modda almashinuvi buzilganda yog'ni kamroq iste'mol qilish, A, V, va S vitaminlardan ko'proq yeb turish kerak. Husnbuzar toshgan kishi ichini yaxshi yurishtirib turishi, organizmini mustahkamlashi, fizioterapevtik usullarda davolanishi, oftob, havo vannalari qabul qilishi, dengizda va boshqa suvlarda cho'milishi lozim. Bunday kishilarning yuziga qurituvchi va po'st tashlatuvchi niqoblar tortish ham foydali. Yiring boylagan husnbuzarlar paydo bo'lsa, yuzni bir necha kun yuvmaslik, balki spirtli loson bilan, yeng yaxshisi, 2 prosentli sintomitsinli, salitsilli yoki kamforali spirt bilan artish lozim. Bunday vaqtda parhezning ham katta ahamiyati bor.

        Yuziga husnbuzar toshgan kishi garmdori, qora murch, xantal, sirka kabi o'tkir masalliqlardan va shirinliklardan mumkin qadar voz kechishi (shirin choy yoki kofe bu hisobga kirmaydi), oq non va kartoshlcani kamroq iste'mol qilishi, spirtli ichimliklarni mutlaq ichmasligi kerak.

Husnbuzar toshganida krem va pardoz uchun ishlatiladigan har xil moddalardan foydalanib bo'lmaydi.

        Bunday paytda husnbuzarlarni qo'l bilan sitish ham, o'z holicha har xil muolajalar qilib ko'rish ham yaramaydi.

        Aksiricha, husn­buzar toshganda dermatolog shifokor yoki kosmetologga uchrashib, ulardan kerakli maslahatlar olish va ular nazoratida davolanish zarur. Shifokor maslahatlariga amal qiligandagina husnbuzar tezda yo'q bo'lib ketishi mumkin.

Категория: Go'zal bo'lish sirlari | Просмотров: 73260 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 3.9/16
Всего комментариев: 4

Добавил:Sarvar
0

Salom,Yuzdagi ugrilarning o'rnini (chuqurchasini) yo'qotib bo'ladimi?
Дата публикации: 25 Avg 2013 в 22:45 [Материал]

Добавил:Gulom
0

Yuzimda doglar bor ularni qanday ketgazish mumkin bu doglar ancha yillardan beri bor agar quyoshga yoki ozgina oftobda yursam ular kupaya boshlaydi nima qilsam buladi
Дата публикации: 27 Okt 2013 в 18:23 [Материал]

Добавил:shahnoza
0

mening yuzimda sepkil bor uni qanday ketkisam boladi
Дата публикации: 14 Avg 2014 в 18:59 [Материал]

Добавил:Maysara
0

Yuzimda doglar bor ularni qanday ketgazish mumkin bu doglar ancha yillardan beri bor agar quyoshga yoki ozgina oftobda yursam ular kupaya boshlaydi nima qilsam buladi
Дата публикации: 13 Yanv 2017 в 08:28 [Материал]
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 2
Mehmon: 2
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок