Super Portal Juma, 22 Noy 2024, 03:39
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Fevral » 13 » HTML haqida tushuncha
11:13
HTML haqida tushuncha

SHAXSIY WEB-SAYT TAYYORLASH
- Mamlakatimizning hozirgi kundagi dolzarb masalalaridan biri yoshlarga har tomonlama chuqur bilim berishdir. Ayniqsa axborot texnologiyalarining rivojlanib borayotgan bir paytda kompyuter soxasiga bo’lgan qiziqishni uyg’otishga e’tibor berish har doimgidek muhimdir. Xususan, internet tizimida ishlaydiganlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Bu esa yoshlarimizning veb saytlar yaratish buyicha qiziqishlari taboro ortib borganidan dalolat beradi.
Web-dizayn haqida internet saytlaridan biz ko'pgina ma'lumotlar olishimiz mumkin. lekin u ma'lumotlarning deyarli hammasi rus va ingliz tillarida. O'zbek tilidagi ma'lumotlar kamligi aksariyat yoshlarimizning veb-dizayn bilan erkin shug'ullanishlariga imkon bermaydi. Mana shularni hisobga olgan holda bu sahifa o'zbek tilida yaratildi va asrimiz yoshlariga albatta asqotadi deb umid qilamiz. Siz ushba saytimizdan o'zingizga kerakli ma'lumotlarni topa olsangiz va albatta bu ma'lumotlar asosida bir - biridan go'zal saytlar yaratsangiz bu mustaqil O'zbekiston yoshlarining katta yutuqlari bo'ladi deb o'ylaymiz.
Sahifa bilan tanishish davomida qisqacha bo'lsada veb-saytlar yaratish uchun HTML tilida qanday ishlash bo'yicha tavsiyalar olishingiz mumkin. Buning uchun veb-saytlar yaratish uchun eng qulay bo'lgan dasturlardan biri Macromedia dreamweawer mx 2004, rasmlar ustida erkin ishlash imkonini beruvchi Photoshop 7.0 dasturlaridan xabardor bo`lishingiz lozim.

HTML haqida tushuncha
HTML nima? Avval ana shu savolga javob beraylik.
Internetning WWW hizmati asosan web-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug’ulishi tabiiy. Web-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari "<” va ">” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.
Demak, HTML – oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til. HTML-hujjat – deskriptorlar qo‘llanilgan HTML matnli fayl bo‘lib, u web-sahifani tashkil etadi. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi "html” bo‘ladi. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko‘rinishida chiqadi.
HTML tili (muntazam) muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brouzerlar ham yangilanib turilibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML.4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini "eski” web-brouzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brouzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brouzerlarda bir oz farq bilan aks etishi mumkin.
Quyida HTML-hujjat va unga mos web-sahifa namunasi keltirilgan.

HTML da sayt yaratishda asosiy qoidalarga albatta e'tibor berish lozim. Sahifalar 2 qismga bo'linadi. Bosh qismi (HEAD) va tana qismi (BODY).
HEAD qismida siz ishlayotgan sahifaning SARLAVHAsi, uning METAsi, STILlari (bu teglar haqida to'liqroq ma'lumotni sahifa davomida ko'rishingiz mumkin) ga oid teglar saqlanadi.
BODY qismida esa asosiy ma'lumotlar, ya'ni siz sayt orqali ko'rsatib bermoqchi bo'lgan ma'lumotlar, rasmlar, musiqiy fayllar va shu kabi fayllarni Internet Explorer sahifasida namoyish etish uchun beriladigan buyruq teglari joylashadi.
HTML teglarining yozilishini asosiy qoidasi bor ular albatta < va > belgilari orasiga olib yoziladi.
Misol tariqasida < head > Ma'lumotlar < /head > ko'rinishida yozish mumkin. E'tibor bersangiz TEG larni yozishda biz tegni ochdik < head > va ma'lumotlarni kiritib < /head > tegi bilan yopdik. Demak teglar ochiladi va odatda / belgisi bilan yopiladi. Aynan ana shu buyruqlar berilmay qolsa ham siz kutgan natija chiqmasligi mumkin.
Umuman < D > ko‘rinishdagi deskriptor uchun < /D > deskriptori mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.

TEGlar haqida
Teglar nima? Teglar bu HTML tilidagi buyruqlardir. Biz teglarni deskriptorlar deb ham atashimiz mumkin. Har qanday web sahifalardagi ma'lumotlar albatta teglar yordamida o'qish uchun qulay va ko'rinishli qilib yaratiladi.
< HTML > -Hamma ma'lumotlar va amal bajaruvchi teglaraynan ana shu tegning orasida yozilishi lozim.
< HEAD > -Asosan shrift yoki stillar, ko`pincha bizfoydalanadigan skriptlar HEAD tegi orasida joylashtiriladi.
< TITLE > -Sahifaning sarlavhasi TITLE tegi orasiga olib yoziladi
< BODY > - Hamma ma'lumotlar - matnlar, rasmlar va shu kabi ma'lumot beruvchi ob'ektlar tana qismi body - tegi orasida joylashtiriladi.
Endi tekstlar bilan ishlashni ko'rib chiqamiz. Biz sahifamizga ma'lumotlarning asosiy qismini tekst sifatida qo'yamiz. Shuning uchun tekstlarni tartib bilan chiroyli dizaynda namoyish etish sahifaning o'qimishli bo'lishiga yordam beradi. Tekstlar yozilishi qatorida yangi qatordan, abzatsdan yozilishi mumkin. Buning uchun Demak tekstlarga rang tanlash ham alohida nozik did talab qiladi. Biz tekstga < p > va < /p > teglaridan foydalanamiz.
Textni qalin, yotiq va tagiga chizilgan holda yozish uchun ,  va  teglari orasida yozish kifoya. Tekst orqali boshqa sahifaga yo'l korsatmoqchi bo'lsangiz albatta HREF tegida foydalanasiz. Misol uchun
www.connect.uz
Ko'rinishda yo'l ko'rsatsak albatta WWW.CONNECT.UZ sahifasi ochiladi.
Yana tekstlarni har-xil sarlavhalarda ham yozish mumkin.

Biz albatta sahifa yaratishda jadvallardan ham foydalanamiz. Buning uchun
- Jadval,
- jadval ustuni va
- jadval qatorlari teglaridan foydalaniladi.
Birlashgan katak Birlashgan katak
Alohida kataklar

Birlashgan katak

Birlashgan katak

Alohida kataklar

Quyida jadval va unga mos bo'lgan codlarni ko'rdingiz.
Ana endi sahiga rasm qo'yish uchun foydalaniladigan teg IMAGE bilan tanishamiz. IMAGE tegi faqatgina sahifaga rasmlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. Rasmla sahifalarni qiziqroq va tasavurga boyroq qilib ko'rsatadi. Demak rasm qo'yish uchun <image> tegini kiritamiz va scr="" qo'yib qo'shtirnoq orasiga rasm olinadigan manzil ko'rsatiladi. Albatta wigth="" va height="" buyruqlarida rasmning kengligi va balandlik parametrlari ko'rsatiladi. alt="" tegidan foydalanib rasmga izoh yozish mumkin. Pastdagi rasmda shu rasm va unga mos kodlar ko'rsatilgan.

Biz qisqacha bo'lsada HTML ning teglari - buyruqlari bilan tanishib chiqdik. O'ylaymizki ana shu arzimas ma'lumotlar yangi boshlovchilar uchun ozgina bo'lsada yordam beradi.
Endi sizga Shaxsiy veb sayt yaratish uchun ma’lumotlar beramiz.
Shaxshiy veb-sayt yaratishda birinchi navbatta uning texnologiyalari haqida ma’lumotga ega bo`lish lozim.
Sayt yaratayotgan har bir shaxs saytning dezayniga e’tibor berish lozim. Bundan tashqari saytning banneriga saytga mos holda nom qo`yish kerak hamda bannerining dizayniga katta ahamiyat berish kerak chunki ko`p hollarda saytning banneriga qarab saytga baho beriladi.

Shaxsiy veb-sayt yaratishda uzi haqidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda sahifalardan iborat linklar bo`lishi lozim.

Saytning har bir sahifasini tayyorlashda uning mazmuniga va tashqi ko`rinishiga katta e’tibor berish lozim bo`ladi. Har bir sahifa tayyorlanayotgan paytda sahifa matnlari ko`p bo`lib ketishi foydalanuvchini zeriktirib qo`yishi mumkin. Shuning uchun har bir sahifada mazmunli ma’lumot hamda albatta chiroyli sur’atlar o`rin olishi lozim. Quyida "Ish faoliyatim" sahifasini ko`rinishi keltirilgan:

Shaxsiy web-sayt tayyorlashda "O`zim haqimda”, "Yutuqlarim”, "Mening oilam, "Mening dustlarim”, "Fotolavhalar”, va "Yangiliklar” sahifalardan tashkil etilsa, ushbu tayyorlagan saytingiz ajoyib chiqadi.
O`ylaymanki, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib shaxsiy web-saytingizni yaratasiz degan umiddaman.

Категория: WEB MASTER | Просмотров: 50286 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3

Добавил:Alisher
0

Hurmatli "admin" men saytingiz bilan tanishib chiqdim, katta raxmat, yaxshi resurs tayorlabsiz, lekin uni yanada boyitish lozim deb hisoblayman, agar istasngiz do'stona yordam berishim mumkin.
Aziz yigitlar, agar Siz ham 7 (etti) kun davomida professional darajada sifatli bajarilgan va doimiy ravishda Internet tarmog’idan daromad olib keladigan shaxsiy web-saytingiz bo’lishini istaysizmi? Unda Siz bizga murojaat qilib to’g’ri yo’lni tanlaysiz! Vaqtni qo’ldan boy bermang!
Siz bevosita shu muddat ichida sayt yaratish sirlarini batafsil o’rganib olasiz va ishlash jarayonida qatnashasiz.
Shundan so’ng, o’z biznesingizni yo’lga qo’yib, rivojlantirib undan muntazam ravishda daromad olishingiz mumkin. Bu bilan Siz bir vaqtning o’zida ham daromad olib keluvchi saytga ega bo’lasiz, ham web-sayt yaratish sirlarini o’rganib olasiz va kelgusida undan foydalangan holda qo’shimcha daromad ham olishingiz mumkin bo’ladi.
O’quv mashg’ulotlari individual tarzda o’tiladi va ular ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan proffisionallar tomonidan olib boriladi.
Mashg’ulotlar o’z uyingizga chiqqan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Barcha darsliklar, o’quv qo’llanmalari hamda sayt yaratish uchun zarur materiallardan bepul foydalinish imkoniyati mavjud.
Mashg’ulotlar yakunida alohida sovg’alarga ham ega bo’lishingiz mumkin.
Narxlar eng arzon baholarda belgilangan va to’lov usullari ham turlicha, Sizning xohishingizga ko’ra amalga oshirilishi mumkin.
Shoshiling, mashg’ulotlarga ro’yxatdan o’tkazish vaqti chegaralangan.
Murojaat uchun: +99893-509-62-63, +99893-396-27-24, +99897-729-19-29 yoki – http://worlbuzines.ru/ saytiga tashrif buyring hamda o’z qiziqishingizga ko’ra savol, fikr-mulohazalaringizni qoldiring, albatta javob olasiz!
Дата публикации: 14 Mart 2012 в 22:21 [Материал]

Добавил: DON
0

Assalomu alaykum Admin menga sizning yordamiz kerak Beelive.ucoz.ru saytini ochgandim. Unga malumotlar ham joyladim. Lekin baribir google orqali ma'lumot qidirganimda meni malumotlarim chiqmayapti nimaga?
Дата публикации: 19 May 2013 в 01:10 [Материал]

Добавил:akmal
0

SEO optimizatsiya kerak
Дата публикации: 14 Noy 2017 в 15:05 [Материал]
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок