Super Portal Shanba, 23 Noy 2024, 13:39
Шаблоны для ucoz
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
SAYT MENYUSI
BO'LIMLAR
Qiziqarli malumotlar [35]
O'zbek qo'shiqlar [11]
Shou-Biznes [11]
Pazandachilik [0]
Sherlar [14]
Telefon uchun [0]
Foydali Maslahatlar [7]
Sevgi [49]
Mashxurlar hayoti [2]
Kompyuter uchun [2]
Photoshop darslari [1]
Hayotiy voqealar [10]
Avtomobil dunyosi [0]
Salomatlik sirlari [4]
Go'zal bo'lish sirlari [24]
Internetda pul ishlash [0]
Qo'shiq matni [24]
WEB MASTER [42]
Sevgi izhorlari [1]
Ucoz uchun skriptlar [7]
To'rtlar [7]
O'zbek milliy taomlari [11]
Koreya taomlari [2]
Kaboblar [2]
Turkiya taomlari [4]
Kotletlar [7]
Xobbi [7]
Piroglar [7]
Bulochkalar [2]
Gamburgerlar [7]
Somsalar [2]
Super foto [1]
Индийские фильмы [2]
Узбекские фильмы [2]
Сериалы [0]
Fashion [10]
Hajviyalar [1]
Salatlar [20]
MINI CHAT
SO'ROVNOMA
SAYTDA KO'PROQ NIMALAR BO'LISHINI XOXLAYSIZ?
Всего ответов: 1978
Главная » 2012 » Mart » 30 » Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari - va ularning vazifalari
23:31
Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari - va ularning vazifalari

Insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.

Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo'lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.

Avvallari kam nusxadagi qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi Kitob yoki qo'lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.

Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuterlarasosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yokiqo'lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va maqolalarni o'qish, filmlarni ko'rish, biror joyga xat jo'natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirsh mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.

Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish lozim.

Kompyuter qanday tuzilgan

Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat:


Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'ladi.

Monitor har xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:


Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi.

Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig’igan bo'lib, asosiy plata deyiladi. Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. 


Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiу platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan. Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.

Ma'lumotlar qanday saqlanadi?

Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklarishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.



  

Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklardisket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.


Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bila kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.

Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?

Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallаг ro'yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.

Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.

Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnav (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.

  

Kompyuter qanday ishga tushiriladi?

Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

·        kompyuter elektr manbayiga ulanadi;

·        kompyuterning sistema blokidagi «Power» tugmachasi bosiladi;

·        monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, monitordagi «Power» tugmachasi bosiladi.

Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 15673 | Добавил: AKBARSHOX | Рейтинг: 3.4/12
Всего комментариев: 1

Добавил:Shahzod
0

ok
Дата публикации: 09 Sen 2013 в 10:24 [Материал]
Table">
Имя *:
Email:
Код *:
SAYTGA KIRISH
QIDIRISH
PAZANDA
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI

Xozir Saytda: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchi: 0
WwW.DJAKBAR.UcoZ.CoM
WMmail.ru - сервис почтовых рассылок