![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/98169.jpg)
Masalliqlar:
-2 bo’lak bulochka hamiri
-2 osh-q murabbo
-yuzasiga tuxum sarig’i
Tayyorlash:
Hamirdan 1ta katta va 1ta kichkina zuvala yasab, kattasini qolip shakliga qarab yoyamiz.
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/90202.jpg)
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/13080.jpg)
Hamirni patnisga yoyib, shaklini moslab, ustidan murabbo suramiz.
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/00966.jpg)
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/63611.jpg)
Ikkinchi kichik hamirni boyagi hamir kattaligidek yoyib, kesish oson bo’lishi
uchun buklab olish ham mumkin, 3-4 sm kenglikda kesamiz.
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/52690.jpg)
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/87928.jpg)
Murabbo yuzasiga panjara shaklida hamirni yoyib chiqamiz.
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/18013.jpg)
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/90568.jpg)
Yuzasiga tuxum surib, 30daqiqaga hamirni oshirishga qo’yamiz va so’ngra
Duxovkada 180Cda 30daqiqaga yaqin qizarguncha pishiramiz.
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/46696.jpg)
![](http://pazanda.ucoz.com/_nw/1/86261.jpg)