Amerikalik olimlar odamning qomadini bir maromda ushlab turuvchi hamda ortiqcha vazn bilan kurashuvchi dori vositasini yaratishdi.
Mazkur dori inson organizmini bir maromda ushlab turuvchi immun tizimni mustaxkamlaydi.
Tadqiqotlar sichqonlarda o'tkazildi. Sichqonlarni yog'li dietaga o'tkazib qo'yib mazkur emlash amalga oshirilgandan to'rt kundan keyin ular nafaqat semirib ketishmagan, xatto 10% ozishga ham muvaffaq bo'lishgan.
Ayni damda olimlar mazkur vositani ikki xil talqinini yaratishmoqda, ularning har biri har ortiqcha o'n kiloni uch hafta ichida yo'qotishga mo'ljallangan.
Mazkur vosita yordamida odamlarni davolash bu semirib ketish kasalligi bilan kurashishning eng bezarar yo'li bo'lishiga olimlar ishonishmoqda.