1. Ayolning yurishi chiroyli bo'lishi kerak. Qaddi rostlangan,
qadamlari yengil va beg'ubor bo'lishi ayolni erkakdan farqini namoyon
qilib turishi lozim. Yoga va fitnes bilan shug'ullanish ayol qaddini
go'zalligini ochib berishga yordam beradi. 2. Yuz va badan
terisi sog' va parvarishlangan bo'lishi lozim. Buning uchun haftada bir
marta mahsus o'tli damlanmalardan, yoki dengiz tuzlarini qo'shgan holda
vanna qabul qilishni unutmang. Yuzingizga vaqti-vaqti bilan muntazam
ravishda niqoblar qiling. 3. Ayol ko'zlari uning eng katta
boyligidir. Ko'zlari tiniq, charchamagan va parvarishlangan bo'lishi
lozim. Buning uchun uyquga to'yib, ko'zga vitaminli tamponlardan
qo'yib, o'tli danlanmalardan ko'zni chayib turish lozim. 4.
To'g'ri ovqatlaning. Foydali ovqatlanish go'zallik garovidir. Yog'li,
sho'r, shirin yeguliklardan bosh torting. Ko'proq meva va
sabzavotlardan iste'mol qiling. 5. Toza havoda ko'p bo'ling.
Toza havo organizm xujayralarini yangilanishga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Har kuni saxarda toza havoda jismoniy mashg'ulotlarni
amalga oshirsangiz jismonan va ruham yosharasiz. 6.
Sochingizga alohida ahamiyat bering. Soch ham ayolning go'zalligini
ochib beradi. Sochingizni parvarish qiling. A, E va B vitaminlariga boy
mahsulotlardan iste'mol qiling. Soch doim toza va parvarish qilingan
bo'lishi lozim. 7. Tirnoqlarga ahamiyat bering. Tirnoqlar toza, manikyur qilingan va sog'lom bo'lishi kerak.
8. Did bilan kiyining. Modani orqasidan qulamasdan, yarashib turadigan,
sizning bor kamchiligingizni berkitib, go'zalligingizni ochib beradigan
kiyimni tanlang. 9. Makiyajni to'g'ri qiling. Ortiqcha bo'yanish, didsiz boyanish va yoshiga mosmas bo'yanish ayolni go'zal qila olmaydi.
10. Qalbingizni go'zal qiling. Tashqi go'zallik doimo ichki go'zallik
bilan birga namoyon bo'lishi lozim. Ayolda ichki qalbdagi go'zallik
bo'lmasa uning tashqi ko'rinishi jalb qila olmaydi. Go'zallik salati: Ushbu salatdan haftada bir marta iste'mol qilib turing. Foydasi sizning ko'rinishingizda namoyon bo'ladi.
Tyorkadan chiqarilgan SABZI, ezilgan YONG'OQ va PISTA, TURSHAK, OLXO'RI
QOQISI, ASAL, O'SIMLIK YOG'I, BUG'DOYning osib ketgan novdalarini olib
barchasini aralashtirasiz. Bu salat vitaminlarga boy bo'lib, ayolning soch, tirnoq, va terisini sog'lom bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi
|